Turkiya boʻylab velosipedda sayr. Ajoyib sarguzashtlarga boy sayohat


Oʻrta Yer dengizidan Egey dengizigacha boʻlgan moviy dengiz sohilini, yam-yashil oʻrmonlaru, xiyobonlarni velosiped tepkisini aylantirgan holda sayohat qilish sizga bir umrlik unutilmas taassurotlarni hadya etadi.
Qayd etish joizki, Turkiyada sogʻliqni saqlash, gastronomiya, festival, madaniyat, ekoturizm, ziyorat, taʼlim va sport kabi muqobil turizm yoʻnalishlari bilan birgalikda velosiped turizmi ham muhim oʻrin egallaydi. Shunday ekan yozni velosipedda Turkiyaning goʻzal manzillarini kashf etib, turk oshxonasining mazali taomlarini tatib koʻrish bilan boshlang.
Turkiyada lager va glamping maydonchalari, velosipedda sayohat qilishni xush koʻradigan sport muxlislari uchun mos, milliy va xalqaro eko-yorliqlarga ega boʻlgan turli oʻlchamdagi mehmonxona va xostellar mavjud. Ular velosipedda sayohat qiladigan mehmonlarning kuchli jismoniy faolligini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus menyular bilan taʼminlangan.
Velosiped turizmi va barqaror turizmni rivojlantirish maqsadida Turkiya tomonidan amalga oshirilgan “Velosiped uchun qulay turar joy” sertifikati faqatgina velosipedlar uchun xavfsiz toʻxtash joylari bilan taʼminlangan mahalliy velosiped yoʻllari va ularni taʼmirlash haqida maʼlumotga ega xodimlari boʻlgan, shu bilan bir qatorda, velosipedlarni tozaligini taʼminlash kabi turli mezonlarga javob beradigan mehmonxonalarga beriladi.
EuroVelo — Turkiyani velosiped bilan kashf qilishni istaganlar uchun maxsus yoʻlaklar bilan oʻralgan, Izmir, Edirne va Qirqlareli viloyatlarini butun Yevropa qitʼasi bilan bogʻlaydigan 17 ta turlimasofali velosiped yoʻnalishlarini birlashtirgan.
EuroVelo marshruti goʻzal kungaboqar dalalariyu, dengiz sohillaridan oʻtib, YUNESKOning Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan qadimiy Efes shahrida tugaydi.
Professional yoki havaskor velosipedchi boʻlishingiz muhim emas!
Turkiyada barcha darajadagi velosiped ixlosmandalari uchun yoʻllari mavjud. Istanbuldan paromga minib boshqa qitʼaga oʻtishingiz, Izmirdagi uzumzor va zaytun bogʻlari orasida velosipedda sayr qilishingiz, Mugʻlaning feruza koʻrfazlari orqali oʻrmon bilan qoplangan togʻlarga chiqishingiz va Antaliyaning sohil yoʻllari boʻylab qadimiy shaharlar orasida sayr qilishingiz mumkin.
Yoʻllar sizni Turk Riviyerasiga olib borganida, Oʻrta Yer dengizi sohilidagi oʻrmonlarda yashiringan ajoyib Toros togʻlari va qadimiy shaharlarga duch kelasiz. Bir necha ming yillar oldingi sivilizatsiyalar qoldiqlari sizga ajoyib taassurotlarni tuhfa etadi. Jumladan, Olimpos qadimiy shahrida oʻrmonlar orasiga yashiringan qadimiy shahar. Ushbu sayohatda sizni koʻm-koʻk dengizlar, marvarid qumlar, qadimiy shaharlar, kanyonlar va yashil tabiat qoʻynidagi yoʻllar kutmoqda. Chodir lagerlari, bungalov uylari yoki qulay mehmonxonalar istagan vaqtda maroqli daam olish imkonini beradi.
Oʻzining Peri moʻrilari bilan sehrli oʻlka deya tanilgan Kapadokiya velosipedda kashf qilish uchun ajoyib marshrutdir. Ushbu noyob geografiyani oʻrganayotganda siz qadimiy ibodatxonalar, yer osti shaharlari va oʻziga xos tabiiy holda shakllangan shaharsozlikka duch kelasiz. Bu bepoyon yerlardan oʻtib borar ekansiz, yer ostidan yuzlab metr quyida joylashgan yer osti shaharlari yonida toʻxtash va tosh mehmonxonalarda qolishni unutmang!
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi