Rossiya hukumati Belgorodga ommaviy zarba va neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujumini maʻlum qildi

Qisqacha:
▪️ Belgorod gubernatori Shebekino shahriga «grad» reaktiv raketa tizimi yordamida ommaviy zarbalar berilgani va viloyatning ikki tumanidan bolalar Voronejga evakuatsiya qilish boshlanganini eʻlon qildi.
▪️ Krasnodar o'lkasi rahbari Rossiya janubidagi eng yirik neftni qayta ishlash zavod (NQIZ)laridan biri bo'lgan "Afipskiy" NQIZga dron hujumi oqibatida yong'in chiqqanini maʻlum qildi.
▪️Shuningdek, dron xuddi shu Krasnodar o'lkasidagi "Ilskiy" NQIZ hududiga qulagan, deya xabar beradi rasmiylar.
▪️ Rossiya Mudofaa vazirligining taʻkidlashicha, hujumda sakkizta dron ishtirok etgan, ulardan uchtasi ko'p qavatli uylarga qulagan, qolganlari Moskva viloyatining elita hududlarida urib tushirilgan.
▪️ 30 may kuni ertalab Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtdagi bir nechta binolarga dron hujumi uyushtirilganini, ularga kichik zarar yetganini maʻlum qildi.
▪️ Hujum natijasida vayron bo'lgan uylar aholisining hyech biri "jiddiy jarohat olmagani, biroq ikki kishi tibbiy yordam so'rab murojaat qilgani maʻlum qilingan.
▪️ Putin Moskvaga dronlar hujumini izohlab, xotirjam turib: "Moskva havo hujumi mudofaa tizimi normal, qoniqarli ishladi" dedi.
"Rosaviatsiya" Moskva va mintaqadagi barcha aeroportlar normal rejimda ishlayotganini maʻlum qilgan. Domodedovo aeroporti vakilining RBKga aytishicha, aeroport hududida dronlar yo'q.
▪️ Rossiya kechasi Kiyevni "Iskandar" raketalari bilan o'qqa tutdi. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 10 ta raketadan 10 tasini ham urib tushirgan. Biroq, chiqindilarning qulashi oqibatida ikki ayol va 11 yoshli qiz halok bo'lgan. Yana 12 kishi jarohatlangan.
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi