O‘zbekiston Prezidenti Misrning yetakchi kompaniyasi rahbarini qabul qildi


Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi.
Misrning yetakchi investisiya-sanoat korporasiyasi rahbari oliy darajadagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistonda qo‘shma “yo‘l xaritasi” doirasida qiymati 1,2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini o‘zlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Oʻzbekiston TIV vakillari Isroil va Eron elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Isroil hamda Eron davlatlarining elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, uchrashuv davomida ikki davlat elchilari bilan mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan fikr almashilgan.Suhbat davomida Eron elchisi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logisti
Hisor geologiya ekspeditsiyasi 2025-yilda oltin va boshqa foydali qazilmalarni aniqlash boʻyicha faoliyatini kengaytirmoqda (+Fotoreportaj)
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida ' Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining togʻli hududlarida geologik izlanishlar olib borib, foydali qazilmalar boʻyicha muhim natijalarga erishmoqda. Ekspeditsiya faoliyati davomida bir qancha maʼdanli va nomaʼdan konlar topilgan, ularning zaxiralari aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga topshirilgan. 2025-yil uchun jami 24 ta loyiha doirasida geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.Qash
Shavkat Mirziyoyev YXHTning amaldagi raisini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenni qabul qildi.Suhbat avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Oʻzbekiston bilan EXHT oʻrtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda Oʻzbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish m
Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali gaplashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda bir-birini va doʻst xalqlarimizni muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqo