Manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi, davlat xizmatchilarining majburiyatlari hamda uni tartibga solish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilanmoqda


Shu kunlarda Oliy Majlis Senati qoʻmitalarida navbatdagi yalpi majlis kun tartibi doirasida muhokama qilinishi nazarda tutilgan masalalar dastlabki tarzda koʻrib chiqilmoqda.
Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida«gi muhim Qonun muhokama qilindi.
Qoʻmita aʼzolarining soʻzlariga koʻra, ayrim qonun hujjatlarida manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan boʻlsada, davlat organlari va muassasalarida ularni amalga oshirish va nazorat qilishning aniq mexanizmlari belgilanmagan, sohada yagona amaliyotni shakllantiruvchi vakolatli organ mavjud emas, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmagan hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida«gi Qonunda davlat organlarining manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan xodimlari, shuningdek ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq javobgar boʻlishi belgilangan boʻlsada, qonunchilik hujjatlarida javobgarlik masalalari nazarda tutilmagan.
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida«gi Qonun yuqoridagi muammolarni bartaraf etish bilan birga korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi manfaatlar toʻqnashuvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.
Qonun bilan manfaatlar toʻqnashuvining tushunchasi, davlat xizmatchilarining majburiyatlari hamda uni tartibga solish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilanmoqda.
Qonunning qoʻllanilish doirasi aniqlashtirilmoqda, yaʼni davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan, shuningdek, oʻz ustav fondida davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Eng muhimi, davlat tashkiloti faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishda vakolatli organlar belgilanmoqda. Endilikda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining odob-axloq komissiyalari, kadrlar boʻlinmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishni amalga oshiradigan organlar sifatida mustahkamlanmoqda.
Shuningdek, Qonunda davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha cheklovlar, manfaatlar toʻqnashuviga oid talablarni buzishning huquqiy oqibatlari, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan holda qabul qilingan va tuzilgan bitimlarni sud tartibida haqiqiy emas deb topish asoslari, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda.
Senatorlar qonunning amaliyotga tatbiq etilishi manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishning aniq qonuniy mexanizmining belgilanishiga, manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishda davlat nazorati amalga oshirilishiga, davlat xizmatchilarining bevosita rahbarlari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari yuzaga kelganda tegishli choralar koʻrilishiga, davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldi olinishiga erishilishi qayd etildi.
Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin
Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi
Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga
Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
9-may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari Gʻalabaning 80-yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu jumladan Rossiya Prezidentining oʻtgan yil may oyidagi Oʻzbekistonga tashrifi