calendar 26 May 15:21
eye 56
comments 0
comments Manba: xs

Prezident jamoat transportida yurib, xizmat sifatini koʻrdi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 7-avtobus saroyini borib koʻrdi.

Aholining kundalik hayotiga daxldor har bir masala davlatimizning eʼtiborida. Xususan, jamoat transporti tizimi oʻsib borayotgan talabdan kelib chiqib rivojlantirilmoqda.

Soʻnggi yillarda Toshkent shahri ham eniga, ham boʻyiga oʻsdi. Muqim aholi, vaqtincha yashovchilar, turistlar, talabalar soni oshdi. Ilgari shaharda kuniga 800-900 ming yoʻlovchi jamoat transportidan foydalangan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 1 million 300 mingdan oshgan. Shu bois avtobuslar yetishmasligi, kutish vaqti koʻpligi kabi muammolar yuzaga kelgan edi.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yil 13-dekabr kuni poytaxtmizdagi 18-avtobus saroyida boʻlib, bu ahvolni oʻzi koʻrgan, yangi avtobuslar olib kelish va yoʻlovchilarga qulayliklarni oshirish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yil 16-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu galgi tashrif chogʻida Shavkat Mirziyoyev sohadagi vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Aprel-may oylarida Toshkent shahriga 755 ta zamonaviy avtobus olib kelinib, yoʻlovchilari eng koʻp yoʻnalishlarga qoʻyilgan. Natijada avtobuslarning kunlik soni 1 ming 400 taga yetgan, 9 ta qoʻshimcha yoʻnalish ochilgan. Yaqin kunlarda yana 245 ta avtobus keltiriladi.

Jumladan, 7-avtobus saroyi shu paytgacha 18 ta yoʻnalishda kuniga 90 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatar edi. Yaqinda uning parki 67 ta yangi transport bilan boyidi. Tabiiyki, yoʻlovchi tashish quvvati oshib, avtobuslarning oraliq vaqti qisqardi.

Mutasaddilar Toshkent shahrining yangilangan Transport bosh rejasi boʻyicha ham axborot berdi. Qayd etilganidek, u shaharning kengayishi va yoʻlovchilar oqimi tahlili asosida, 167 ta yoʻnalishdan iborat tarzda ishlab chiqilgan. Shundan 17 tasida kunlik reja belgilash tartibi bekor qilinib, bosib oʻtilgan masofaga qarab hisob-kitob tizimiga oʻtilgan. Iyun-iyul oylarida qolgan 150 ta yoʻnalish ham tender savdolari orqali shunday tizimga oʻtkaziladi. Natijada qatnovlar muntazamligi taʼminlanadi, xizmat sifati oshadi.

Bunda haydovchilarning malakasi ham juda muhim. Shu bois Transport universiteti va boshqa oʻquv markazlarida haydovchilikka oʻqitish hamda qayta tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Avtobus haydovchilarining oylik maoshlari ikki barobar oshirilib, yil boshidan beri mingdan ziyod haydovchi ishga qabul qilingan.

Davlatimiz rahbari avtobuslarga sifatli servisni yoʻlga qoʻyish muhimligini taʼkidladi. Yoʻlkira toʻlovi tizimini tartibga solish, harakat nazoratini raqamlashtirish, bekatlarda sharoitlarni yaxshilash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

- Yangi avtobuslar, albatta, xalqimizga qoʻshimcha sharoit yaratdi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Endigi vazifa yoʻllarda tirbandlikni kamaytirib, avtobuslarning erkin harakatini taʼminlash. Pirovard maqsad - Toshkentda jamoat transporti qamrovini 2 million yoʻlovchiga yetkazish.

Prezident avtobusga oʻtirib, oddiy yoʻlovchilar bilan birga yoʻnalish boʻylab yurib koʻrdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
53
0
xs.uz

Qadriyatlarga hamohang ayyom

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30

20 Mar 12:54
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

23 Mar 16:43
 
62
0
xs.uz

Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistonga qiziqishi ortib bormoqda – AQSh elchisi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistonga qiziqishi ortayotgani haqida gapirdi. Bu haqida 'OʻzA' maʼlum qildi.AQSh'elchisi Jonatan Xenik mamlakatimizda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etib, Oʻzbekiston xalqini ushbu bahor ayyomi bilan qutladi.'Navroʻz nafaqat yangilanish va farovonlik timsoli boʻlgan ajoyib bahor bayrami, balki erishilgan yutuqlarni nishonlash uchun muhim fursatdir.

21 Apr 08:33
 
25
0
xs.uz

“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi

Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig