
Navroʻz — ezgu anʼanalar, qadriyatlar bayrami. Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrku ziynati boʻlib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bagʻishlamoqda.
Ayni kunlarda yurtimizning barcha shahar va tumanlarida, olis qishloq hamda ovullarida el-yurtimiz yasharish va yangilanish, mehr-oqibat fasli sifatida eʼzozlaydigan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram deb eʼtirof etilgan Navroʻzi olam katta xursandchilik bilan nishonlanmoqda.
Taʼkidlash joiz, Navroʻzi olam oʻlkamizga kirib kelishi bilan har birimiz yon-atrofimizdagi mavjudotning uygʻonishi, kurtaklar va gul-chechaklar ochilishi, yeru koʻk bagʻrida yuz berayotgan oʻzgarishlardan, bahor nafasidan bahramand boʻlamiz, ona-tabiatning uzviy va ajralmas bir qismi ekanimizni beixtiyor chuqur his qilamiz.
Ushbu bayramdagi xalq oʻyinlari, folklor sanʼatimizning eng yaxshi namunalari, qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuygʻular tarannum etilgan kuy-qoʻshiqlar, oʻlan va laparlar xalqimiz koʻngliga samimiyat, xushnudlik ulashadi.
Bu yilgi Navroʻz bayrami yurtimizda “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanmoqda. Navroʻz har bir mahalla va qishloqda sayil sifatida bayram qilinishi uning qadim ildizlarini yanada mustahkamlashga, yoshlarni milliy anʼanalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishga xizmat qiladi.
Eʼtiborlisi, bu yilgi Navroʻz bayramida ham yoshi ulugʻlarning ijtimoiy va maishiy turmushini yanada yaxshilash borasida qator amaliy tadbirlar bajarilmoqda. Jumladan, yolgʻiz qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslar holidan xabar olinib, ular moddiy hamda maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanib, keksa otaxonu onaxonlar yashayotgan, xasta kishilar istiqomat qilayotgan xonadonlardan xabar olinib, sovgʻa-salomlar ulashilmoqda.
Ayni chogʻda, mahallalarda, qishloqlarda obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Ommaviy tarzda mevali va manzarali daraxtlar ekilib, ariq va zovurlar tozalanyapti. Navroʻzning olijanob qadriyatlaridan kuch-quvvat va ilhom olgan xalqimiz mahallalarda hasharlar qilib, koʻchat va gullar ekib, yangi-yangi bogʻ-rogʻlar, sayilgohlar yaratmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Navroʻzi olamning ruhi va falsafasida mujassam boʻlgan yaxshilik va bagʻrikenglik, ahillik va hamjihatlik, atrof-muhitni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash kabi olijanob gʻoyalar Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy oʻzgarishlarning maqsad va mazmuniga toʻla hamohangdir.
Tilagimiz, ushbu bahor ayyomi har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, yaxshilik va fayzu baraka olib kelsin!
Ravshan BEGMATOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat – Shavkat Mirziyoyev
Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida yoshlarni kitob oʻqishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol oʻynayotgani qayd etildi.Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbar Haydarova 'Yosh kitobxon' tanlovida gʻolib boʻlib, ota-onasiga Prezident sovrini ' avtomobil sovgʻa qildi.'Dilbarxon qizim, sen oʻz misolingda inson chin dildan harakat qilsa, koʻp narsaga erisha olishini isbotlading, bu yoʻlda koʻpchilik uchun namuna boʻlding. Buning uchun katta rahmat senga!
Taʼlim tizimidagi korrupsiyani oldini olish masalalari muhokama qilindi
2025-yil 3-iyun kuni Senat Raisi boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi boʻlib oʻtdi. Unda maktab va maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsiya holatlari, ularning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Majlisda taʼkidlanganidek, asosiy maqsad muammolarni tanqid qilish emas, balki ularni birgalikda hal qilishdan iborat.Senatning tegishli qoʻmitalari va idoralar vakillaridan iborat ishchi guru
Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o