Turkiya Finlandiyaning NATO aʻzoligini ratifikatsiya qilish jarayonini boshladi

Turkiya Finlandiyaning NATO aʻzoligini ratifikatsiya qilish jarayonini boshlamoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on Anqarada Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan muzokaralar yakunlari bo'yicha o'tkazilgan matbuot anjumanida aytib o'tdi.
- Muzokaralarimizning muhim mavzusi Finlandiyaning NATOga qo'shilishi bo'ldi. Mamlakat NATOga aʻzo bo'lish uchun zarur bo'lgan memorandum shartlarini bajarish bo'yicha aniq qadamlar qo'ydi. Biz tayyormiz va Finlandiyaning NATOga aʻzo bo'lishini ratifikatsiya qilish jarayonini boshlashga qaror qildik. Ishonchimiz komil, Finlandiya NATO xavfsizligini taʻminlashda faol rol o'ynaydi, — dedi Turkiya prezidenti.
Turkiya respublikada 14 mayga belgilangan umummilliy saylovlar oldidan Finlandiyaning NATOga aʻzoligini ratifikatsiya qilish bo'yicha parlamentda ovoz berishni o'tkazishi kutilmoqda.
Shvetsiyaning NATOga kirishiga kelsak, Turkiya prezidenti taʻkidlaganidek, Anqara uni qo'llab-quvvatlamaydi, biroq u bilan bu jarayonni muhokama qilishni davom ettirishga tayyor: «Biz Shvetsiyaning NATOga kirishini qo'llab-quvvatlay olmaymiz, chunki ular 120 nafar terrorchini ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi. Bu jarayon bo'yicha ular bilan muloqotni davom ettiramiz, ammo bu to'liq Stokgolm qadamlariga bog'liq", dedi Erdo'g'on.
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi