Sanoatni rivojlantirish choralari belgilandi, yangi korxonalar ishga tushirildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Jizzax viloyatida sanoatni rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini koʻpaytirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Viloyatda yangi sanoat korxonalari barpo qilish uchun soʻnggi olti yilda qariyb 5 milliard dollar investitsiya jalb qilingan. Buning natijasida 2 mingga yaqin yangi korxonalar tashkil qilinib, ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 baravarga oshdi.
Oldin viloyatning sanoat mahsuloti asosan paxta tolasi boʻlgan boʻlsa, hozirgi kunda elektrotexnika, optik tola, avtomobil, murakkab kimyoviy moddalar, energotejamkor materiallar kabi yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu sohada 54 ming aholi band. Viloyatdagi sanoat eksporti 1,8 baravar oshib, 166 million dollarga yetdi.
Davlatimiz rahbari bu surʼatni davom ettirib, joriy yilda viloyat sanoatini 14 foizga oshirish imkoniyati borligini taʼkidladi. Buning uchun 750 million dollarlik 10 ta yirik loyiha va 580 million dollarlik 110 ta hududiy sanoat loyihasi bajarilishi qayd etildi. Ularda 7 ming 500 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Shuningdek, kelgusi ikki yilda Jizzaxda avtomobilsozlik va metallurgiya sohalarida yirik loyihalar ishga tushadi.
Jizzaxda eng tez oʻsayotgan sanoat tarmogʻi bu – qurilish va energiya tejamkor materiallar ishlab chiqarish. Oxirgi besh yilda bu sohada 180 ta yangi korxona tashkil etilgan, 900 million dollarlik 210 ta loyiha ishga tushirilgan. Buning hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 10 baravar oshib, import boʻlayotgan 110 million dollarlik mahsulotlar mahalliylashtirildi, eksport esa 7 baravar koʻpayib, 35 million dollarga yetdi.
Viloyatda birgina bazalt zaxirasi 26 million tonna boʻlib, respublikadagi jami zaxiraning 25 foizini tashkil etadi. Lekin, bular ilgari umuman ishlatilmagan. Hozir esa, bazaltdan talab yuqori boʻlgan 7 xil zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu Forish tumanida 6 ta korxonadan iborat yaxlit klasterga aylandi.
Shu bilan birga, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Zomin, Zarbdor, Zafarobod, Forish va Yangiobodda bazalt, sement, keramzit, shisha va mineral xomashyo zaxirasiga boy 200 ga yaqin konlar bor. Prezident ularga tadbirkorlarni jalb qilib, bozorbop mahsulotlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish zarurligini taʼkidladi.
Bu yil qurilish materiallari boʻyicha 460 million dollarlik 31 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda energetika taʼminotini yaxshilash masalasiga ham eʼtibor qaratildi.
Jizzax viloyatida kamida 2 ming Megavatt qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun salohiyat borligi taʼkidlandi. Bundan foydalanib, 270 Megavatt quyosh energiyasi quvvatlari ishga tushirilishi aytildi. Buning hisobiga 236 million kilovatt soat ishlab chiqarilib, tanqislik ortigʻi bilan qoplanadi, jami 71 million kub metr gaz tejaladi.
Jumladan, Gʻallaorolda Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasining 200 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyasi hisobidan, 220 Megavattli yirik quyosh stansiyasi ishga tushiriladi. Kelgusi yilda bu stansiya toʻliq quvvatga chiqib, 500 million kilovatt soat elektr olinadi va viloyat ehtiyojining 20 foizini qoplaydi.
Shuningdek, ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida 5 Megavattli, Sanoat zonasi va tadbirkorlar binolarida 15 Megavattli quyosh panellari oʻrnatish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi. Aholi xonadonlariga 8 Megavattli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini oʻrnatish uchun jozibador sharoitlar yaratiladi.
Tadbirkorlarning oʻz ehtiyojlari uchun 5, 10, 15 Megavattli quyosh stansiyalari qurish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadi.
Zafarobodda bu yil jami 2 Megavattli 2 ta kichik GES quriladi va bu yil 2,4 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi. Osiyo taraqqiyot banki bilan birga, Forishda 150 Megavattli yirik quyosh stansiyasi loyihasi boshlanadi. Bu stansiya toʻliq quvvatga chiqqanda, 370 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi. Jizzax shahrida ham issiqlik, ham elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kogeneratsiya markazi quriladi.
Davlatimiz rahbari Jizzax elektr tarmoqlaridagi yoʻqotishlar koʻp ekanini qayd etib, buni kamaytirish, viloyatda 4 mingdan ziyod korxonaning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi.
Viloyat jamoatchiligi vakillari, nuroniylar va yoshlar bilan muloqot boʻldi. Ular yurtimizdagi yangilanishlar, yaratilayotgan sharoitlar samarasi haqida oʻz hayoti va faoliyatidagi muvaffaqiyatlar misolida soʻzlab berdi. Davlatimiz rahbari ularning taklif va tashabbuslarini tinglab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Yigʻilish soʻngida yana bir muhim voqea – 3 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi boʻldi. Ular – Forish tumanidagi “Eco Basalt Group”, Jizzax sanoat zonasidagi “Mono Electric” va “Super medical elements” shirkatlaridir.
Birinchi korxona bazaltdan yiliga 5 ming tonna kompozit quvurlar ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi. “Mono Electric«da 1 ming 500 turdagi elektr texnika mahsulotlari, “Super medical elements«da 40 turdagi tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi. Ushbu korxonalar hisobiga, 700 dan ortiq aholi yuqori daromadli doimiy ish joyiga ega boʻladi.
Marosimda videoaloqa orqali korxonalar vakillari bilan muloqot qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi.
Shuning bilan Jizzax viloyatiga tashrif yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Turkiyadagi oʻzbekistonliklardan mitinglar va provokatsion fikrlardan uzoqroq boʻlish soʻraldi
Turkiyada shu kunlarda boʻlayotgan turli norozilik namoyishlari va ommaviy yigʻilishlar sababli Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni'ehtiyotkorlikka chaqirdi.Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda 'provokatsion postlar' joylashtirgan 261 kishini aniqlagani va 37 kishini hibsga olgan.'Sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz', deyiladi konsulxona bayonotida.Xavfsizlikn
21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir
Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yigʻiladi
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, mazkur anjuman 2025-yilning 5-9-aprel kunlari oʻtkaziladi. Forumda 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.Bildirilishicha, yigʻilishning asos