calendar 29 Jan 11:51
eye 30
comments 0
comments Manba: zarnews

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasini boshlamoqda

image

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp kecha, 28 yanvar kuni ilk saylov mitinglarini o'tkazdi, ikki oydan ko'proq vaqt oldin u davlat rahbari lavozimi uchun kurashda ishtirok etish niyatini maʻlum qilgan edi.

Associated Press xabariga ko'ra, u kuniga ikkita miting o'tkazishi kerak: biri Nyu-Gempshirda, ikkinchisi Janubiy Karolinada. Gap Respublikachilar partiyasining praymerizlarini birinchilardan bo'lib o'tkazgan shtatlar haqida ketmoqda – Trampning ularga qiziqishi shundan.

Hozircha Tramp o'z partiyasidan prezidentlikka nomzod bo'lish uchun kurashish niyatini bildirgan yagona respublikachidir. Biroq yaqin oylarda uning jiddiy raqiblari paydo bo'lishi kutilmoqda.

Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida g'alaba qozona olmadi va hozirgi davlat rahbari Jo Baydenga yutqazdi. Shu bilan birga, respublikachi ovoz berish paytidagi qonunbuzarliklar uning g'alaba qozonishiga to'sqinlik qilganini hamon daʻvo qilmoqda. Ushbu mag'lubiyatga qaramay, Tramp bu yillar davomida Respublikachilar partiyasining eng nufuzli vakili bo'lib qoldi.

Vaziyat 2022 yil noyabrida, Tramp tomonidan qo'llab-quvvatlangan qator siyosatchilar AQSh Kongressiga saylovda g'alaba qozona olmagach, biroz o'zgardi. Natijada, respublikachilar akariyat prognozlardan farqli o'laroq, Senatda ko'pchilik o'rinni qo'lga kirita olmadi va katta qiyinchilik bilan Vakillar palatasida ko'p joyni egalladi. O'shanda AQSh ommaviy axborot vositalari aynan Tramp tufayli partiya ishonchli g'alabaga erisha olmaganini taxmin qilgan edi. So'rovlar ham sobiq prezidentning reytingi pasayganini, Desantisning esa mashhurligi oshganini ko'rsatgan.

Biroq, so'nggi haftalarda vaziyat o'zgara boshladi: Tramp bir nechta so'rovlarga ko'ra, respublikachi elektorat orasida reyting bo'yicha Desantisdan ishonchli tarzda oldinda.

AQShda prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo'lib o'tadi. Undan oldin demokratlar ham, respublikachilar ham o'z nomzodini tanlashi kerak bo'ladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
26
0
xs.uz

AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp

Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.'Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor', deya keskin bayonot berdi siyosatchi.Tr

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

Rossiyada vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Shu yilning 16-sentyabr kuni Amur viloyatida gʻoyib boʻlgan 'Robinson R66' rusumli vertolyoti halokatga uchragani maʼlum boʻldi. Hodisa oqibatida uning bortdagi uch kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda Zeya tumani Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona navbatchi dispetcherlik xizmatiga tayanib, 'TASS' xabar berdi.'Vertolyot topildi, bortdagi uch kishi halok boʻlgan. Vertolyot favqulodda mayoq qoldirilgan joydan topildi', ' deyiladi xabarda.'112' telegram kanaliga koʻra, vertolyot bort

20 Sep 00:23
 
29
0
xs.uz

Ukrainaning “gʻalaba rejasi” ishlaydimi? AQSH oʻz munosabatini bildirdi

AQSH rasmiylari Ukrainaning yangi taklif etayotgan 'Gʻalaba rejasi'ga ishonch bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Rossiya bilan uzoq davom etgan mojaroga barham berish uchun ushbu loyiha eng samaralisi boʻlishi mumkin. Vashington Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan eʼlon qilingan reja 'haqiqiy, adolatli tinchlik'ni taʼminlashga qaratilganini iddao qilgan.Qayd etish kerakki, strategiyaning aniq tafsilotlari hali jamoatchilikka toʻliq oshkor etilmagan. A

20 Sep 00:23
 
27
0
xs.uz

Eron AQSH va Isroilni HAMAS yetakchisi oʻlimi uchun oʻch olish muqarrarligi haqida ogohlantirdi

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiyaning oʻldirilganiga vaqt oʻtgan boʻlsada Eronning AQSH va Isroildan qasos olishiga toʻsqinlik qilmasligini bildirdi. Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonoti matni 'Tasnim' agentligi tomonidan taqdim etilgan.'Biz jinoyatchi AQSHni va uning mintaqadagi soxta qoʻgʻirchoq rejimini (Isroilni nazarda tutadi) ogohlantiramiz: xuddi biz 'Haqiqiy vaʼda'ni (operatsiya nomi) bajarganimizdek, vaqt oʻtishi ham Eronning niy