calendar 20 Sep 00:23
eye 65
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rossiyada vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

image
Shu yilning 16-sentyabr kuni Amur viloyatida gʻoyib boʻlgan 'Robinson R66' rusumli vertolyoti halokatga uchragani maʼlum boʻldi. Hodisa oqibatida uning bortdagi uch kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda Zeya tumani Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona navbatchi dispetcherlik xizmatiga tayanib, 'TASS' xabar berdi.

'Vertolyot topildi, bortdagi uch kishi halok boʻlgan. Vertolyot favqulodda mayoq qoldirilgan joydan topildi', ' deyiladi xabarda.

'112' telegram kanaliga koʻra, vertolyot bortida oltin qazib oluvchi 'Xergu' MCHJ kompaniyasi egasi Mikael Arutyunyan, uning yordamchisi Sheram Tovmasyan va uchuvchi Yuriy Barabash boʻlgan.

Hodisaga texnik nosozlik sabab boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Vertolyot bir kun avval yoʻqolgani haqida xabar berilgandi. Qutqaruvchilar undan favqulodda radiomayoq signalini olishgan. Signal Beregovoy va Kirovskiy qishloqlari yaqinidagi Zeya tumanining botqoq hududida gʻoyib boʻlgan. Qidiruvlar ishlari havo va yerdan olib borildi.

Voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
53
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p

17 May 21:47
 
11
0
xs.uz

“El Pepe” vafot etdi

U Muxikani 'prezident, faol, yoʻl koʻrsatuvchi va yetakchi' deb taʼrifladi. 2024-yil bahorida Muxikada qiziloʻngach saratoni aniqlangan edi va u uzoq vaqt muolajalar olgan edi. Shifokorlar 2024-yilning kuzida saraton hujayralarining kamayganini bildirgan boʻlsa-da, 2025-yil boshida kasallik qayta avj olgan.'Toʻgʻrisini aytsam, men oʻlyapman. Har bir jangchining hordiq chiqarishga haqi bor,' ' degan edi u 'Busqueda' jurnali bilan oʻtkazilgan soʻnggi intervyusida.Muxika 2010'2015-yillar

13 May 14:38
 
94
0
xs.uz

Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi

Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc

17 May 21:47
 
12
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr