calendar 27 Dec 08:21
eye 55
comments 0
comments Manba: xs

Svetofor samaradormi yoki 30 km/soatlik cheklov yoʻl belgisi?

image

Foto: Xalq so‘zi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida dolzarb masalalar qatorida hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash, avtomobil yoʻllarida inson hayoti va sogʻligʻini yoʻl-transport hodisalaridan kafolatli himoya qilish hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi. Masala yuzasidan viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari Umidjon Adizovning joriy yil 11 oyi yakunlari boʻyicha hisobot tinglandi.

Taʼkidlanishicha, hisobot davrida viloyatdagi mahallalarning 43 foizida yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq birorta ham jinoyat qayd etilmagan. Biroq Xatirchi tumanidagi 24 ta MFY bu borada “qizil” toifada turibdi. Hisobotda yoʻl-transport hodisalari oqibatida vafot etish holatlari tahlil etilar ekan, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 15 foizga kamaygani, ularning aksariyati tezlikni oshirish, 8 tasi esa transport vositasini mast holatda boshqarish sababli sodir boʻlganligi qayd etildi.

Oʻquvchilarning maktabga qatnovida ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga toʻxtalib, maʼruzachi qirqta umumtaʼlim maktablari joylashgan hudud koʻchalariga harakat tezligini 30 km/soatga cheklovchi yoʻl belgilari oʻrnatilgani, 10 ta nuqtada esa piyodalar tomonidan boshqariladigan yarim avtomat svetoforlar oʻrnatilganini taʼkidladi.

Muzokarada deputatlar aksariyat holatlarda tezlikni cheklashga haydovchilar rioya etishmayotganini, qolaversa, bu turli tirbandliklar (ayniqsa xalqaro ahamiyatdagi yoʻllarda) tugʻdirayotganini aytib oʻtdilar. Shu sabab piyodalar tomonidan boshqariladigan svetoforlarni koʻpaytirish boʻyicha taklif maʼqullandi.

Sessiyada, shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning bir qator yoʻnalishlari boʻyicha mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
41
0
xs.uz

Xorijiy hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bayrami munosabati bilan samimiy tabriklamoqda

Xorijiy hamkorlar oʻz maktublarida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, barqaror rivojlanish, doʻstlik, totuvlik va yaxshi qoʻshnichilik muhitini yuqori baholamoqda. Tinchliksevar va pragmatik tashqi siyosat tufayli Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotgani alohida taʼkidlanib, Yangi Oʻzbekistonga ravnaq tilaklari izhor etilgan.Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.Navr

16 Apr 09:12
 
25
0
xs.uz

Prezident modernizatsiya qilinayotgan Andijon xalqaro aeroporti bilan tanishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 15-aprel kuni Andijon viloyatiga keldi.Hududdagi o'zgarishlar 'havo darvozasi'danoq ko'zga tashlanadi. Mamlakatimizda transport tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida Andijon xalqaro aeroporti ham modernizatsiya qilinmoqda.Tashrif chog'ida davlatimiz rahbariga shu haqda axborot berildi.Bu aeroport 1978-yilda qurilgan bo'lib, hozirgi talablarga mos kelmay qolgan edi

24 Mar 13:25
 
48
0
xs.uz

Misrda Mahmud Koshg‘ariyning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endDevonu lug‘otit turkhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end asari arab alifbosida qayta chop etildi

Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi ma'lum qildi.Xabarga ko'ra asarning qo'lyozma nusxasida turkiy so'zlar bo'g'inlar va harflar soni asosida saralanganligi bois yosh tadqiqotchilar uchun qiyinchilik tug'dirayotgan edi. Ushbu noyob kitobning tizimlashtirilgan nashri O'zbekiston va boshqa turkiy hamda arab davlatlaridagi yirik universitetlar va kutubxonalarga yetkaziladi. Rangli qog'ozda chop etilgan kitob muqovasida Mahmud Koshg'ariyning dunyo xaritasi aks ettirilgan. Kitobxonlar mazkur asar tarj

20 Mar 12:53
 
60
0
xs.uz

Qadriyatlarga hamohang ayyom

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30