calendar 24 Mar 13:25
eye 59
comments 0
comments Manba: xs.uz

Misrda Mahmud Koshg‘ariyning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endDevonu lug‘otit turkhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end asari arab alifbosida qayta chop etildi

image
Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi ma'lum qildi.

Xabarga ko'ra asarning qo'lyozma nusxasida turkiy so'zlar bo'g'inlar va harflar soni asosida saralanganligi bois yosh tadqiqotchilar uchun qiyinchilik tug'dirayotgan edi. Ushbu noyob kitobning tizimlashtirilgan nashri O'zbekiston va boshqa turkiy hamda arab davlatlaridagi yirik universitetlar va kutubxonalarga yetkaziladi. Rangli qog'ozda chop etilgan kitob muqovasida Mahmud Koshg'ariyning dunyo xaritasi aks ettirilgan. Kitobxonlar mazkur asar tarjimasi bilan bevosita tanishishlari uchun kitoblar O'zbekiston Milliy kutubxonasi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga taqdim etiladi.

'Devonu lug'otit turk' Mahmud Koshg'ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari bo'lib, unda XI asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo hududida istiqomat qilgan turkiy urug' va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, she'r va maqollari, urf-odatlari, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar yozib qoldirilgan. Asarda 8 mingdan ortiq turkiy so'zlar keltirilgan bo'lib, ularni to'g'ri talaffuz qilish maqsadida arabcha harakatlardan foydalanilgan.

Mahmud Qoshg'ariyning turkiy adabiyotdagi bebaho asarlari O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasidan o'rin olishi rejalashtirilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
4
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz

12 Apr 21:15
 
63
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti rahbarini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.O'zbekistonning ushbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.Toni Bler Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va ko'lamini yuksak baholadi, ularni yanada ilgari surish doirasida zarur ekspert-maslahat ko'magini ko'rsatishga tayyorligini bil

31 May 08:49
 
18
0
xs.uz

MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri

13 May 14:37
 
24
0
xs.uz

Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alenka Suxadolnik Sloveniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida'maʼlum qildi.TIV rahbarining yozishicha, bugun, 12-may kuni u yangi tayinlangan еlchi Alenka Suxadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.'Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz. Hech shubhasiz, hamkorligimizni yana