calendar 18 Dec 09:31
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir

Litvaning Qorabog' haqidagi bayonoti hayrat va afsusga sabab bo'lmoqda – Baku

image
image

Ozarbayjon Litvaning Qorabog' bilan bog'liq bayonotidan hayrat va afsus bildirdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizodaning bayonotida so'z borgan. 

"Ozarbayjon bilan uzoq yillardan buyon keng sheriklik munosabatlarini saqlab kelayotgan, davlatlararo munosabatlarda xalqaro huquqning suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillariga alohida ahamiyat beradigan, ushbu tamoyillarga doimo amal qiladigan Boltiqbo'yi mamlakati Litvaning bunday qarorga kelgani ajablanarli va afsuslanarli", deydi Ozarbayjon TIV matbuot kotibi.

Hojizoda Ozarbayjon hududida "Tog'li Qorabog'" deb nomlangan hududiy birlik yo'qligini eslatgan.

"Litva endi "Boltiqbo'yi" davlati deb atalmaganidek, Ozarbayjonning Qorabog' iqtisodiy rayonini Sovet Ittifoqi davrida shakllangan sobiq nomlari bilan atash mumkin emas", deydi u.

Hojizoda, Litva Tashqi ishlar vazirligi noqonuniy iqtisodiy faoliyatga, tabiiy boyliklarning talon-toroj qilinishiga qarshi norozilik bildirish o'rniga masalaga biryoqlama va noxolis yondashayotganidan, Lochin yo'lidan harbiy provokatsiyalar, minalarni Ozarbayjon hududiga o'tkazish  hamda noqonuniy iqtisodiy faoliyat uchun foydalanishidan xavotir bildirgan.

Shuningdek, u Litva tomonini Ozarbayjon fuqarolik jamiyati institutlarining tinch va qonuniy noroziligini hurmat qilishga chaqirgan.

"Mintaqadagi gumanitar vaziyatga oid daʻvolarga kelsak, biz yana bir bor taʻkidlaymizki, Ozarbayjon tomoni bizning hududlarimizda yashovchi armanlarning insonparvarlik ehtiyojlarini qondirishga doimo tayyor va bu masalaga uchinchi tomonning aralashuviga ehtiyoj yo'q", deya qo'shimcha qildi u.

Avvalroq Litva Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tog'li Qorabog' uchun og'ir gumanitar oqibatlarga olib keladigan Lochin koridorining davom etayotgan blokadasidan chuqur xavotir bildirgandi. 

"Bunday o'zgarishlar nafaqat erkin harakatga to'sqinlik qiladi, balki Janubiy Kavkazdagi butun tinchlik jarayonini izdan chiqaradi", deyiladi TIV habarida.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 12 dekabr kuni o'zini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Armaniston va Tog'li Qorabog'ni bog'lovchi yagona yo'l bo'lgan Lochin yo'lagini to'sib qo'ydi. Erevan bu qadamni rasmiy Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi.

Ozarbayjon nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari Qorabog' viloyatidagi Shusha-Lochin yo'lida rossiyalik harbiylarning vaqtinchalik nazorati ostidagi hududlarni kuzatish taqiqlanganini qoralagan mitingni hamon davom ettirmoqda. 

Faollar ekologik terror, konlardan noqonuniy foydalanishga qarshi shiorlar aytmoqda, Rossiyaning Qorabog'dagi harbiy kontingenti qo'mondoni Andrey Volkov bilan uchrashishni talab qilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
58
0
xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi

24 Mar 13:25
 
276
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q

22 Mar 08:54
 
54
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *