calendar 06 Dec 04:31
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir

Rossiya aerodromlariga hujum qilindi. Qurbonlar bor

image
image

Ukraina qurolli kuchlari Kiyev, ehtimol, Ukraina hududidagi nishonlarga zarba berishda ishtirok etgan deb hisoblagan Rossiyaning uzoq masofali samolyotlariga hujum qilishga urindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabar bermoqda

Vazirlikning Telegram-kanalidagi xabarga ko'ra, Ryazan viloyatidagi Dyagilevo va Saratov viloyatidagi Engels harbiy aerodromlariga hujum qilingan, texnik xodimlarning uch nafar harbiy xizmatchisi halok bo'lgan. 

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan reaktiv dronlar bilan zarba berishga harakat qilinganini taʻkidladi. Rossiya Mudofaa vazirligining qo'shimcha qilishicha, hujum uzoq masofaga uchuvchi samolyotlarni ishdan chiqarishga qaratilgan. 

"Past balandlikda uchayotgan Ukraina uchuvchisiz havo vositalari havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan ushlab olindi. Reaktiv dronlarning parchalari qulashi va portlashi natijasida ikkita samolyotning korpusi biroz shikastlangan. Aerodromda bo'lgan uch nafar rossiyalik texnik xizmatchi og'ir jarohatlar sabab qurbon bo'lgan. Yaralangan yana to'rt nafar harbiy xizmatchi tibbiyot muassasalariga olib ketilib, ularga barcha zarur tibbiy yordam ko'rsatildi", deyiladi Rossiya harbiy boshqarmasi xabarida. 

Voqea haqida Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi izoh berdi. 

Boshqarma vakili Andrey Yusovga ko'ra, Rossiya hududida sodir bo'layotgan voqealar uchun bu davlat hukumati javobgar. 

"Bosqinchi davlat hududida sodir bo'layotgan voqealar uchun tajovuzkor davlat hukumati javobgardir. Bugungi voqealar ularning, jumladan, harbiy infratuzilmaning tanazzulga uchrashining yana bir belgisidir. Qolganini na tasdiqlay, na inkor eta olmaymiz", deydi Yusov.

Qayd etilishicha, Saratov va Ryazan viloyatlaridagi harbiy obʻyektlarda sodir bo'lgan voqealar haqidagi hisobotlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga taqdim etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
31
0
xs.uz

Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin

08 Jun 02:27
 
28
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi

13 Jun 00:39
 
24
0
xs.uz

Hindistonda samolyot qulashi oqibatida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolaridan hech kim tirik qolmagan — “CBS News”

Hindiston respublikasi Ahmadobod shahri hududida halokatga uchragan 'Air India' aviakompaniyasining 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti bortida boʻlgan 242 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan, deb xabar bermoqda 'CBS News' nashri.Aviahalokatga uchragan samolyot bugun, 12-iyun kuni Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin

13 Jun 00:39
 
88
0
xs.uz

Germaniya Ukrainani jiddiy qoʻllashga kirishdi. Rossiyaning munosabati qanday?

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius yangi qurol yetkazib berish masalalarini muhokama qilish uchun Ukrainaga kelgan. Bu haqda 'Tagesschau' xabar tarqatdi.'Mudofaa vaziri Boris Pistorius siyosiy muzokaralar uchun Ukraina poytaxti Kiyevga keldi. Siyosatchi Ukrainadagi vaziyat bilan tanishib, keyingi harbiy yordam masalasini muhokama qilmoqchi', ' deyiladi nashr xabarida.Germaniya Ukrainaga qanday yordam bermoqchi?Oʻtgan haftada Pistorius Ukraina Qurolli kuchlari yaqin orada Berlin yordamida