calendar 25 Nov 04:21
eye 53
comments 0
comments Manba: xs

Adham Ikramov Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining vitse–prezidenti lavozimiga saylandi

image

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Ayni kunlarda Hindistonning Puna shahrida Kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida XIII Jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.

24-noyabr kuni Puna shahridagi Ramada mehmonxonasi konferensiya zalida Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtdi.

Kongressda assotsiatsiya tarkibidagi 70 ga yaqin davlatlar Kurash federatsiyalari vakillari, qitʼaviy Kurash konfederatsiyalari Prezidentlari, IKA ijroiya qoʻmitasi aʼzolari ishtirok etishdi.

Kongressni IKA Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo oʻyinlari Bosh direktori Haydar Farmon boshqarib bordi.

Kun tartibidan oʻrin olgan 20 ga yaqin masalalar yakunida tashkiliy masala ham koʻrib chiqildi. Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Xalqaro Kurash assotsiatsiyasini Faxriy birinchi vitse–prezidenti lavozimiga saylandi.

Endilikda Adham Ikramov Kurash vatani vakili sifatida Kurashni dunyoda yanada rivojlantirish uchun Oʻzbekiston hukumati tomonidan bevosita qoʻllab-quvvatlash masalalariga masʼul hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionati bahslari 28-noyabr kuni oʻz yakuniga yetadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:29
 
21
0
xs.uz

“Shunqorlar – 2025”: Bu safar gʻoliblik kimga nasib etdi?

'Yoshlar oyligi' doirasida joriy yilning 26-28-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi 'Vatanparvar' tashkiloti Markaziy kengashi raisi kubogi uchun 'Shunqorlar' harbiy-sport oʻyinlarining Respublika bosqichi oʻtkazildi.Mazkur oʻyinlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chaqiriqqa qadar yoshlarni Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga qiziqishini oshirib borish hamda ularni ruhan va jismonan c

17 May 21:48
 
72
0
xs.uz

“Real Madrid” Angliyadan 20 yoshli himoyachi xarid qildi

Angliyaning 'Bornmut' klubi himoyachisi Din Xyoysen faoliyatini Ispaniyaning 'Real Madrid' jamoasida davom ettiradi. Bu haqda futbol boʻyicha insayder Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.Uning yozishicha, madridliklar 20 yoshli himoyachi uchun 60 million yevro toʻlashga kelishib olgan. Ushbu summa 'Bornmut'ga toʻlanadi, ammo shartnoma talablariga koʻra, bu pulning maʼlum qismi boshqa klublar hissasiga ham oʻtadi.Shartnomada koʻrsatilgan hududiy kelishuv

17 May 21:48
 
45
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi

13 Jun 00:40
 
161
0
xs.uz

Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi

Oʻsha kuni Roʻziboyevga amerikalik Brayan Battle raqiblik qiladi. 30 yoshli Battle hozirgacha UFCʼda 8 ta jang oʻtkazgan boʻlib ularning 7 tasida gʻalaba qayd etgan, 1 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan. Shuningdek uning hisobida 1 ta NC (jang oʻtkazilmagan) natija ham bor.U soʻnggi jangini 2024-yil 7-dekabrda Rendi Braunga qarshi oʻtkazgan va hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.31 yoshli hamyurtimiz esa soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan 'UFC