calendar 22 Sep 11:20
eye 49
comments 0
comments Manba: xs

Prezident viloyatdagi har bir fuqaroga bir marta yangi qurilgan xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyatini berish kerakligini taʼkidladi

image

Foto: president.uz

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Nomzod oʻz taqdimotida aholini uy-joy bilan taʼminlash masalasiga ham toʻxtaldi. Bir kishiga uy-joy bilan taʼminlash darajasi respublika darajasidan pastligicha qolayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga:

— kelgusi yilga ehtiyojmand aholi uy-joy ipotekasi uchun 100 milliard soʻm subsidiya ajratish;

— Zangiota tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivini qurish boʻyicha taklif kiritish;

— Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl shaharlarida 19 ta avariya holatidagi koʻp qavatli uylarda yashovchilarni zamonaviy uy-joy bilan taʼminlash chorasini koʻrish topshirildi.

Prezident viloyatdagi har bir fuqaroga bir marta yangi qurilgan xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyatini berish kerakligini taʼkidladi. Shu munosabat bilan kelgusi yildan “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturini Toshkent viloyatidan boshlash taklif qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
76
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 'Buyuk ipak yoʻli' xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.Soʻnggi yillarda eng zamonaviy standartlarga mos infratuzilma yaratilgani tufayli Samarqand shahri xalqaro miqyosdagi yirik tadbirlar ' oliy va yuqori darajadagi sammitlar, konferensiya va kongresslarning anʼanaviy mezboniga aylandi.2022-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 'Buyuk ipak yoʻli' majmuasi bun

21 Apr 08:33
 
19
0
xs.uz

“Ustimdan asossiz ariza berilgan”. Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tuman IIBda asossiz ushlab turilganini aytmoqda

Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgani, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da mobil telefoni olib qoʻyilganini bildirib, Telegram kanalida murojaat'eʼlon qildi.Uning maʼlum qilishicha, kecha, 19-aprel kuni maslahatlashish 'bahonasida' Yangiyoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgan va u yerda bir necha soat ushlab turilgan.'Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayo

20 Mar 12:53
 
47
0
xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo

04 Apr 16:18
 
39
0
xs.uz

Hayotini gazetaga bagʻishlagan fidoyi jurnalist

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumani hokimligi bosh nashri 'Istiqbol yoʻli' gazetasi bosma davriy nashrlar jiddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz boʻlayotgan keyingi yillarda muntazam ravishda nashr etib kelinayotgani eʼtiborga molik. Boisi, tanqidiy chiqishlari, qilichdek keskir soʻzi bilan tanilgan gazetaning doimiy oʻquvchilari bor.Oʻttiz yildan buyon ijodiy jamoani ahil-inoqligini taʼminlab kelayotgan 'Mehnat shuhrati' ordeni sohibi Xadichaxon Karimovaning mehnat faoliyati