calendar 16 Sep 06:21
eye 65
comments 0
comments Manba: xs

«NKMK» AJ faoliyatida ekologiya va atrof-muhitni muhofazasi

image

«NKMK» AJning matbuot xizmati

Bugun Qizilqumni qush parvozi nuqtasidan kuzatgan kishi choʻlda ulkan bunyodkorliklarning guvohi boʻladi. Rasmiy statistika birgina joriy yilning oʻtgan davri mobaynida qumliklar bagʻridagi Uchquduq tumani hududida 237, Nurotada 175, Konimexda 155 va Tomdida 116 yangi korxona tashkil etilganini qayd etadi. Qariyb yetmish yil avval sahroga sanoat olib kelgan NKMKning(bugun AJ maqomida) ulushiga esa mezonlar ojiz.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatida xoh biyday sahro boʻlsin atrof-muhitga zararsiz ishlab chiqarishni tashkil etish bugungi kunning ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Xususan, kombinatning barcha ishlab chiqarish korxonalariga atrof-muhitga zarar yetkazuvchi moddalarning 95-99 foizini tutib qoluvchi filtrlar, chang-gaz tozalash uskunalarning oʻrnatilgani bu borada fikrimizning yaqqol dalilidir. Jumladan, birgina, 3-gidrometallurgiya zavodining maydalash sexiga tozalash samaradorligi yuqori boʻlgan 3 ta qoʻshimcha chang-gaz qurilmalarining oʻrnatilgani 62 tonna zararli chang-gazlarni ushlab qolish imkonini bermoqda.

— Shuningdek, kombinat tizimidagi 2, 4, 5-gidrometallurgiya zavodlari hamda “Marjonbuloq” oltin ajratish fabrikasi chiqindi ombori va barcha shaxta, karyerlarda ishlatilgan oqova suvlari tozalash inshootlarida qayta tozalanib, ishlab chiqarishga yoʻnaltirilmoqda, — deydi «NKMK» AJning mehnat muhofazasi boʻyicha direktori Alisher Tursunov. — Raqamlarda ifodalasak, 2021-yilda 100 mln kubmetr umumiy texnik suvning 18 foizi yoki 18,2 mln kubmetr qayta ishlangan boʻlsa, joriy esa 134,3 mln kubmetr texnik suvning qayta ishlash hajmini 34 foizga oshirish yoki 46 mln kubmetrga yetkazish moʻljallanmoqda.

Ushbu maʼlumotlar «NKMK» AJning “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi, yutuq va istiqboldagi rejalar» mavzusidagi matbuot anjumanida OAV vakillari eʼtiboriga havola etildi.

Anjumanda shuningdek, kombinatda energiyani iqtisod qilish maqsadida, boʻlinmalar issiq suv taʼminoti uchun 260 ta gelio quyosh suv isitish uskunalari oʻrnatilgani, 2020-yilda 977 gektar, 2021-yilda 307,9 gektar, umuman kombinat faoliyati davomida qariyb 37 ming gektar yer rekultivatsiya qilingani taʼkidlandi.

— Korxonamizning Shimoliy va Janubiy kon boshqarmalarida yaroqsiz avtomobil shinalarini piroliz yoʻli bilan qayta ishlash qurilmalari joriy etilgan, — deydi «NKMK» AJ atrof-muhit muhofazasi boʻlimi boshligʻi Shohida Ortiqova. — Yaroqsiz shinalarni qayta ishlash natijasida piroliz yoqilgʻisi, metallolom hamda texnik uglerod ikkilamchi mahsulot olinmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida esa 122,7 gektar maydonga 168,2 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Shuningdek, 2020 va 2022-yillarda ekologik aksiya doirasida korxonamiz yoshlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida Orol dengizining qurigan hududida 120 ming tupdan ortiq saksovul koʻchatlari oʻtqazildi.

Matbuot anjumanida OAV vakillari va jurnalistlarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
305
0
xs.uz

Shakarga aksiz toʻlovi bekor qilinadi

Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida'eʼtibor qaratdi.'Mahalliy korxonalarimizga yoʻl ochib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur', dedi davlat rahbari.Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sunʼiy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻrnini zaiflashtirayotgani koʻrsatib oʻtildi.Masalan, oʻzimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzla

12 Apr 21:15
 
29
0
xs.uz

Prezident Jahon banki guruhining operatsiyalar boʻyicha boshqaruvchi direktorini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Jahon banki guruhining operatsiyalar bo'yicha boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.O'zbekistonning Jahon banki bilan keng ko'lamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish, eng avvalo, ushbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi.Uchrashuv avvalida Anna Berde davlatimiz r

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo

20 Mar 12:53
 
42
0
xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo