Davlat idoralarida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi oʻrganilmoqda


Foto: Arxiv surat
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, shuningdek ular mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun shart-sharoitlar yaratilganligi holati oʻrganildi.
Oʻrganish yakuni boʻyicha jami 994 ta qonunbuzilishlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanib, oʻrganish maʼlumotnomasi tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Sogʻliqni saqlash vaziriga yuborildi.
Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf qilish hamda aybdorlarga nisbatan tegishli choralarni koʻrish maqsadida Sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari nomiga 14 ta taqdimnoma kiritildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari kiritilgan taqdimnomalarni koʻrib chiqishi natijalari boʻyicha:
— 27 nafar xodimlarning mehnatiga haq toʻlashga oid buzilgan huquqlari tiklandi;
— 5 ta noqonuniy buyruqlar bekor qilindi;
— 19 ta holatda mehnat taʼtillarini berish bilan bogʻliq kamchiliklar bartaraf etildi;
— 301 nafar boshqaruv xodimlarning yaqin qarindoshlari, ish stajlari va mutaxassisliklari boʻyicha maʼlumotlari toʻliq «YAMMT» IDAKga kiritildi;
— 29 ta vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlar eʼlon qilinib, shundan 6 tasi boʻyicha tanlov jarayonlari toʻliq yakuniga yetkazildi.
Faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 15 nafar aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi. Shundan 1 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi va 14 nafariga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Oʻrganish ishlari boshqa vazirlik va idoralarda ham davom etmoqda.
Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi
Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni
O‘quvchilarimiz 19 ta medal bilan peshqadam
Umumiy hisobda 69 nafar (12'ta oltin,'24'ta'kumush,'33 ta'bronza) ishtirokchi'o'quvchilar'turli darajalardagi'medallar'bilan taqdirlandi.O'zbekistonlik'o'quvchilar 19'ta (6'ta'oltin,'8'ta'kumush,'5'ta bronza)'medal bilan'xalqaro olimpiadaning'yakka'peshqadamiga aylandi.
Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta
TDT mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar
Konferensiyada Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarining yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar o'tkazish bilim almashish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.'Mintaqaviy integratsiya va infratuzilmaviy loyihalar' mavzusidagi panel sessiyasida Transportni rivojlantirish muammolarini o'rganish markazi direktori B.Xolmatov O'zbekistonning TDT mamlakatlari bilan hamkorligining joriy holati va O'zbekiston Respublikasida amalga oshirila