Joriy yil yakuniga qadar 35 nafar professor-oʻqituvchi Litvada malaka oshiradi


Foto: Edu.uz
Shu kunlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda oliy taʼlim muassasalari mas’ullaridan iborat delegatsiya Vilnyus shahrida bo‘lib turibdi. Bugun ular Jahon bankining “Oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tashkil etilgan oʻquv seminarida ishtirok etishdi.
Uchrashuvlar davomida:
2022-yil yakuniga qadar Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Fargʻona politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat texnika universitetidan jami 35 nafar professor-oʻqituvchini akademik mobillik dasturi doirasida Litvada malaka oshirishini tashkil etish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Litvaning oliy taʼlim sohasidagi 10 ga yaqin malakali mutaxassisini mamlakatimizga taklif qilish orqali joriy yil davomida 28 ta davlat oliy taʼlim muassasasidan 200 nafar mutaxassisni taʼlim sifatini taʼminlashdagi yangicha yondashuvlarga oʻqitish va sohadagi Yevropa tajribasini Oʻzbekistonda qoʻllash boʻyicha muzokoralar olib borildi. Bu boradagi ishlarni Jahon banki koʻmagida amalga oshirishga kelishildi.
Shuningdek, Litvaning Vitautas Magnus universiteti bilan hamkorlikda yangi oʻquv yilidan Buxoro davlat universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida bioiqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirilishi belgilandi;
Gediminas nomidagi Vilnyus texnika universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti bilan “muqobil energiya”, Andijon mashinasozlik instituti hamda Vilnyus universiteti bilan “yashil iqtisodiyot” yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi;
Gediminas nomidagi Vilnyus texnika universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi;
Erasmus+ grant loyihasi doirasida (319 ming yevro) Oʻzbekistonda mexatronika taʼlim yoʻnalishining Yevropa standarti asosida oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish, oʻqitish materiallari va vositalarini tayyorlash, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va Oʻzbekiston mexatronika jamiyatini tashkil etishga kelishib olindi;
Litvaning Mikolas Romeris universiteti bilan hamkorlikda Toshkent davlat yuridik universitetida 2022-2023-oʻquv yilidan xalqaro huquq mutaxassisligi boʻyicha magistratura qoʻshma taʼlim dasturini joriy qilishga erishildi.
Istirohat bogʻidagi noqulayliklar bartaraf etilmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqand shahrida odamlar oilaviy hordiq oladigan 'Yoshlik' istirohat bogʻi bolalar uchun moʻljallangan oʻyin qurilmalari koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday attraksionlarning belgilanmagan joylarga oʻrnatib tashlangani, oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan binolar, bogʻning ayrim qismida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar, antisanitariya holatlari noqulaylik tugʻdirib, dam oluvchilarning koʻnglini xira qilayotgan edi.Samarqand viloyati hok
TIV Isroil va Eron oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar yuzasidan oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi
Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Eron oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar yuzasidan oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi. Bu haqida TIV rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.Soʻnggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida, xususan, Isroil va Eron oʻrtasidagi keskinlik yanada kuchayib, qurolli toʻqnashuvlarga aylandi. Bu esa nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida jiddiy xavotir uygʻotmoqda.'Oʻzbekiston Respublikasi urushni muammolarni hal etish vositasi deb emas, balki inson hayoti
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.'Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik', ' deyiladi xabarda.Mazkur uchrashuv mamlakatlarimiz oʻ
Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo