calendar 01 Jul 09:31
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir

Zelenskiy EIni Rossiya gazidan voz kechishga chaqirdi

image
image

Ukraina kecha. 30 iyundan boshlab Ruminiyaga elektr energiyasi eksport qilishni boshladi. Mamlakat Evropa Ittifoqiga Rossiya yetkazib beradigan gazning bir qismini qoplashi mumkin. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy maʻlum qildi. 

Qayd etilishicha, Zelenskiy Ukraina Evropa Ittifoqi bilan "yaqinlashuvda yana bir qadam tashlaganini" aytgan. Uning aniqlik kiritishicha, mamlakat Ruminiyaga "elektr energiyasining sezilarli eksportini" boshlagan va hozirdan EIga yetkazib berishni kengaytirishga hozirlik ko'rmoqda.

"Ukraina elektr energiyasi hisobiga yevropaliklar tomonidan isteʻmol qilinadigan Rossiya gazining katta qismidan voz kechish mumkin. Bu biz uchun nafaqat eksportdan tushadigan daromad, balki Evropa uchun ham xavfsizlik masalasidir", deydi Vladimir Zelenskiy.

Maʻlumot o'rnida, Polsha Evropa Ittifoqiga Rossiya gazidan voz kechish bo'yicha kelishib olishni taklif qildi. Fitч maʻlumotlariga ko'ra, Rossiya Federatsiyasidan xom ashyoni to'liq rad etilganidan so'ng, EIga gaz yetkazib berishni qoplash uchun uch yildan ortiq vaqt kerak bo'ladi.

Katta yettilik esa (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Frantsiya va Yaponiya) yetakchilari Rossiya Federatsiyasidan neft va gazga narx chegarasini joriy etish masalasini ko'rib chiqmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
33
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

15 Apr 07:06
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p

18 Apr 11:08
 
31
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada