Gullarga burkangan avtokarvon, shiddatli yomg‘ir, soyabon ostidagi mehmonlar va mezbonlar: Namangandagi 61-xalqaro gullar festivalining ochilish marosimidan reportaj

Namanganda 61-xalqaro gullar festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Festivalni 200 dan ortiq gullarga burkangan avtokarvon boshlab berdi.
Ularni Namangan shahridagi Xotira xiyoboni oldida minglab namanganliklar, viloyat rahbarlari, chet ellik mehmonlar va diplomatik korpus vakillari kutib oldi.
Avtokarvonning manzilga yetib kelishi va ochilish marosimi Namanganda kuchli yomg‘ir boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Biroq ob-havoning bunday keskin o‘zgarishi ham festivalning bayramona kayfiyatiga ta’sir qilmadi.
Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov so‘z oldi. U tadbirga uzoq-yaqindan tashrif buyurgan mehmonlar, festivalning yuqori saviyada o‘tishi uchun astoydil mehnat qilgan namanganliklarga minnatdorlik bildirdi.
“Oldinlari viloyat, nari borsa vodiy miqyosida o‘tkazib kelingan gullar bayrami davlat rahbarining tashabbusi bilan xalqaro maqomga ega bo‘ldi. Bunga yarasha tadbirimizga bo‘lgan e’tibor va qiziqish ham yildan-yilga ortib bormoqda. Shu bois bu yil festivalni ikki hafta davomida o‘tkazishga qaror qildik”, — dedi Shavkat Abdurazzoqov.
Dilnoza Kubayeva va Ilhom Abdurahimov olib borgan ochilish marosimining badiiy qismida Alisher Fayz, Ilhom Ibrohimov, Bahrom Nazarov, Hamdam Sobirov, “Havas” guruhi va viloyat san’atkorlarining chiqishlari tinglandi.
Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, Bobur nomli bog‘da tashkil etilgan kompozitsiyalar bilan tanishuv boshlandi. Mehmonlar viloyatning shahar-tumanlari, korxona-tashkilot va kompaniyalari tomonidan taqdim etgan ko‘rgazmalarni qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi.
Ushbu jarayonlarni xorijiy, markaziy va mahalliy gazetalar, telekanallar, elektron nashrlarning o‘nlab vakillari yoritib bordi. Bu borada ayniqsa noqulay ob-havo sharoitiga qaramay vazifasini sidqidildan bajargan foto va teleoperatorlar faoliyati alohida e’tirof etildi.
Namangandagi 61-xalqaro gullar festivali davom etmoqda. Bayramga Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hamda qo‘shni mamlakatlardan kelayotgan mehmonlar oqimi ortib bormoqda.
AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi
AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc
“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi
Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu
Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi
Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto
Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi
Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa