calendar 20 May 03:31
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekiston uran qazib olishni ko'paytiradi

image
image

Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqilib, uran ishlab chiqarish hajmi oshiriladi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 19 may kuni geologiya sohasini yanada rivojlantirish, foydali maʻdanlar va yerosti suvi zaxiralarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimotida aytib o'tdi.

Taqdimotda taʻkidlanishicha, uran bo'yicha 27 ta yangi kon ochilib, barqaror xomashyo bazasi yaratilgan. Lekin sohadagi imkoniyatlar ancha ko'p. Shu bois Prezdent nodir va noyob metallar qazib olish hajmini oshirish bo'yicha topshiriq bergan edi.

Taqdimotda mutasaddilar shu borada ishlab chiqilgan rejalar yuzasidan axborot berdi. Unga ko'ra, umumiy qiymati 182 million dollarlik 14 loyiha shakllantirilgan. 

Prezident tomonidan 2022-2026 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qo'yilgan. Bu dasturda 8 ta yangi kon va 18 ta istiqbolli maydon hisobiga uran zaxirasini oshirish, zamonaviy burg'ilash uskunalarini olib kelish, raqamli geologiya modelini yaratish ko'zda tutiladi.

Shuningdek, "Navoiyuran" davlat korxonasini transformatsiya qilish, xorijiy mutaxassislarni jalb etib, texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Uran zaxirasini xalqaro standartlarga muvofiq baholash, so'nggi texnologiyalar asosida rudadan uranni ajratib olish darajasini oshirish muhimligi qayd etildi.

Taqdimotda istiqbolli konlarni tayyorlash va ularga investorlarni jalb qilishga oid taklif ham ko'rib chiqildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi huzurida "Yangi kon" loyiha ofisi tashkil etish, uning ustav kapitaliga 15 million dollar ajratish mo'ljallangan. Bu loyiha ofisi litiy, alyuminiy, magniy, grafit va boshqa nodir metallarni ishlab chiqarish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.

Prezident jahon bozorida uran narxi barqaror o'sib borayotgani, yangi loyihalarda bu xomashyoni qayta ishlash va qo'shilgan qiymat yaratishga alohida eʻtibor qaratish kerakligini taʻkidlagan.

Albatta, buning uchun malakali kadrlar ham zarur. Shu bois Prezidentimiz tashabbusi bilan Geologiya fanlari universiteti tashkil etilgan edi. Navoiy konchilik institutiga universitet maqomi berildi. Italiyaning Piza hamda Rossiyaning Sankt-Peterburg konchilik universitetlari bilan qo'shma dasturlar tuzildi.

Lekin, zamonaviy bilimga ega, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni yaxshi o'zlashtirgan o'rta bo'g'in mutaxassislarinini tayyorlash sust ekani qayd etildi. Jumladan, birgina Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi tizimida yiliga 300 dan ortiq o'rta bo'g'in mutaxassislarga ehtiyoj bor.

Shu bois Zarafshon, Angren va G'uzordagi texnikumlarda geologiyaga ixtisoslashgan yo'nalishlarni ko'paytirib, malakali ishchilar tayyorlash zarurligi taʻkidlandi.

O'tgan yili mamlakatda mis sanoati klasteri tashkil etilgan edi. Dasturga ko'ra, mis ishlab chiqarishni yagona "zanjir" asosida 2 baravarga ko'paytirib, 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish reja qilingan.

Taqdimotda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ham hisobot berildi.

Maʻlumki, O'zbekistondagi eng dolzarb muammolardan biri bu – suv tanqisligi. Bunday sharoitda yerosti suvidan aql bilan foydalanish zarur. Afsuski, so'nggi yillarda yerosti suvining sathi yurtimizdagi 13 ta tumanda 5 metrgacha, 9 ta tumanda 20 metrgacha pasaygan.

Shu bois Prezident mutasaddi tashkilotlarga yerosti suvi zaxiralarini ko'paytirish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish bo'yicha topshiriqlar bergan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika

01 Jun 03:47
 
91
0
xs.uz

Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.Hozirgi muborak kunlarda aziz yurtdoshlarimiz Haj ziyorati uchun Makkai mukarramada bo'lib turishibdi. Davlatimiz rahbari ular uchun yaratilgan sharoitlar, nuroniylarning salomatligi va kayfiyati haqida so'radi.Muftiy hazratlari Haj amallarini sidqidildan, mukammal ado etish uchun barcha tashkiliy choralar ko'rilganini ta'kidladi.Ayni paytda 15 ming

13 May 14:37
 
30
0
xs.uz

Sifatli taʼlim qaygʻusi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrtinchi yiliga ham tobora yaqinlashmoqdamiz. Bu vaqt tarix uchun qisqa bir davrni tashkil etsa-da, maʼlum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga yetarli deb oʻylayman.Toʻgʻrisi, biz mustaqillikning dastlabki oʻn yilini tirikchilik gʻamida oʻtkazdik. Yetishmovchilik, xavf-xatar, inqirozga uchragan iqtisodiyot, butunlay tanazzulga yuz tutgan aloqalar iskanjasida qolgandik. Gʻalla mustaqilligi biz uchun hayot-mamot masalasiga aylang

31 May 08:49
 
18
0
xs.uz

Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi

Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani