Namangan aeroportida zilzila va yong‘in tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi (foto)

Namangan xalqaro aeroportida zilzila va yong‘in tufayli yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra, aeroport hududida yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu yerdagi xizmat binosidan odamlar tashqariga qochib chiqa boshladi. Ustiga ustak, binoda zilzila natijasida talafot sodir bo‘ldi va yong‘in kelib chiqdi.
Yuz bergan hodisa haqida zudlik bilan tegishli xizmatlar hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash boshqarmalariga xabar berildi.
Aeroport qutqaruv xizmati xodimlari yong‘inni o‘chirish va boshqa hududlarga tarqalib ketishining oldini olish maqsadida birinchi choralarni ko‘rdi. Ular tomonidan elektr va gaz tarmoqlari uzildi.
Viloyat FVB xodimlari aeroportning favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududiga yetib kelib, yong‘inni bartaraf yetishda aeroport qutqaruv xodimlariga yordam berdi.
Birgalikdagi harakatlar natijasida bino ichida qolib ketgan xodimlar qutqarildi va tibbiyot xodimlariga topshirildi. Ular qutqarilgan shaxslarga birinchi yordam ko‘rsatdi, og‘ir tan jarohati olganlar esa shifoxonaga jo‘natildi.
O‘quv mashqi yakunida turli tuzilmalarning favquloddagi vaziyat chog‘idagi harakatlari batafsil tahlil qilindi va mashg‘ulotning kechishi qoniqarli baholandi.
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi
2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi
2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl