calendar 27 Jan 11:11
eye 62
comments 0
comments Manba: daryo

Gaz uchun oxiri yo‘q navbatlar, Ukrainaga kelgan harbiy yordam, Yevropadan qaytayotgan “Tolibon”. 26-yanvar suratlari

image

Dunyoning turli nuqtalaridan olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlari 4-fevral kuni boshlanadi. Shaharda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.

Foto: EPA

Andijon shahrining Navoiy shohko‘chasida eshak aravada otasi bilan ketayotgan bolakay.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Avstraliya ochiq chempionatida qatnashayotgan ispaniyalik Rafael Nadal.

Foto: “TASS”

Andijon shahrining Abdulaziz Yo‘ldashev ko‘chasida joylashgan “Orzu” avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida navbatda turgan avtomashinalar.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Parij moda haftaligi davom etmoqda.

Foto: EPA

Norvegiya poytaxti Osloda “Tolibon” harakati vakillari bilan Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi.

Foto: EPA

Melburnda 17—30-yanvar kunlari Avstraliya ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Suratda gollandiyalik Botitsch van de Zandshulp.

Foto: Getty Images

Afinada yog‘gan kuchli qor tartibsizliklar keltirib chiqardi.

Foto: Getty Images

Yunusobod tumani Amir Temur shohko‘chasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan biri yonida yig‘ilib qolgan navbatlar qatori.

Foto: “Daryo” / Ma’rufjon Ochilov

Meksika janubidagi yepiskop Samuel Ruiz vafoti munosabati bilan mahalliy aholi xayriya tadbiri uyushtirdi.

Foto: EPA

AQSh Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berdi.

Foto: Getty Images

Indoneziyaliklar oy taqivimi bo‘yicha Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Getty Images

Sidneyda Avstraliya kuni nishonlandi.

Foto: Getty Images

Seulda Amerika qo‘shinlarining Koreyaga kiritilishiga qarshi namoyish.

Foto: EPA

Berlinda cheklovchi choralarga qarshi norozilik namoyishi.

Foto: “TASS”

Respublika kuni arafasida Mumbay.

Foto: “TASS”

Dauning-stritdagi ziyofatlar haqidagi savollardan qochish uchun ertalab iti bilan sayrga chiqqan Boris Jonson.

Foto: Reuters

Ukraina askari Donetsk shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda front chizig‘ini tekshirmoqda.

Foto: EPA

Turkiyadagi Childir ko‘lida raqs tushayotgan darvesh.

Foto: Getty Images

Omikron tarqalishi sababli Gonkongdagi turar joy binosida 2,700 kishi uchun 5 kunlik lokdaun joriy etildi.

Foto: EPA


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
72
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

23 Mar 16:44
 
58
0
xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi