calendar 15 Dec 12:10
eye 38
comments 0
comments Manba: daryo

Senatorlar 2022-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

image

Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni muhokama etildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, mazkur qonun bilan 2022-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va konsolidatsiyalashgan davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining prognozlari hamda 2023–2024-yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilanmoqda.

Ta’kidlanishicha, asosiy e’tibor makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, davlat budjeti xarajatlarining samaradorligi va natijadorligi hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalar jalb etuvchanlik va ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan soliq siyosatini tatbiq etish maqsadlariga qaratilgan.

Shuningdek, qonunni ishlab chiqishda 2022—2026-yillardagi soliq va budjet siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganini ta’minlash, “natijaga qaratilgan budjet” tizimini joriy etishga va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish tamoyillariga qat’iy rioya qilingan. Qonunda soliq siyosatiga muhim o‘zgarishlar kiritilgan. Bunda yalpi ichki mahsulotda salmoqli ulushga ega ishlab chiqarish sohalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish nazarda tutilgan.

Jumladan, 2022-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari 6,0 foizni, shu jumladan, sanoatda 7 foizni, qurilish sohasida 8,1 foizni, qishloq xo‘jaligi sohasida 3,3 foizni tashkil etishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori 2022-yil uchun yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilanmoqda.

Bunda budjet taqchilligining cheklangan miqdoridan oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar faqatgina qo‘shimcha daromad manbai mavjud bo‘lganda yoki boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Inflyatsiya darajasining pasayishi tendensiyasi davom etishi va kelgusi yilda u 9 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Qonun bilan birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablag‘ oluvchi quyi tashkilotlarga o‘zlariga ajratilgan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarining 10 foizgacha qismini Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yo‘naltirishga haqli ekanligi belgilanmoqda.

Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik davlat dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida chet el manbalaridan grant asosida ajratilgan mablag‘larning birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun ajratilishi belgilangan miqdorlarini ushbu qonunga o‘zgartirish kiritmasdan ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.

2022-yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 254,6 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotning 30,3 foizi darajasida prognoz qilinmoqda. Davlat budjeti daromadlari 199,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotning 23,8 foizi miqdorida belgilanmoqda.

Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 31,9 trillion so‘m, xarajatlari esa 58,7 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, davlat budjetidan ijtimoiy sohaga, xususan, ta’lim sohasi xarajatlariga 46,9 trillion so‘m, sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlariga 22,8 trillion so‘m, madaniyat va sport sohasi xarajatlariga 3,4 trillion so‘m va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 1,5 trillion so‘m yo‘naltirish belgilanmoqda.

Qonun bilan ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash xarajatlari va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta’mirlash xarajatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirish tartibi joriy qilinmoqda.

Qayd etilishicha, budjetni shakllantirishda mahalliy Kengashlar vakolatlari yanada kengaytirilishi munosabati bilan mamlakatning barcha tumanlarida (shaharlarida) tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, tumanlar (shaharlar) budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ham yo‘naltiriladi. Jumladan, qonunda ochiq budjet, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 1 trillion 553 milliard so‘m miqdorida mablag‘ nazarda tutilgan.

Senatorlarning ta’kidlashicha, davlat budjeti mablag‘laridan adolatli hamda maqsadli foydalanish ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim. Senat a’zolari tomonidan mazkur qonun ma’qullangan.

Avvalroq O‘zbekistonda 2022-yil aholi jon boshiga YaIM 2,1 ming dollar bo‘lishi rejalashtirilgani, O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 2022-yilda qanchaga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
63
0
postda.uz

BOShQARMADA MATBUOT ANJUMANI

Yaqinda Navoiy viloyati IIBda tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi. Anjumanda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Zohidjon Qayumov viloyat IIBning 2024-yildagi faoliyati natijalari va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi. Jumladan, sohaga raqamli texnologiyalar va innovasion yondashuvlarning joriy etilishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning,

04 Apr 16:19
 
43
0
xs.uz

Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?

Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.

20 Mar 12:54
 
48
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya