calendar 02 Dec 05:20
eye 37
comments 0
comments Manba: zamin

"Roma"ni qutqarolmagan Shomurodovning o'yini qanday baholandi?

image
"Roma"A Seriyaning 15-turida mag'lubiyatga uchradi. Bu gal ham Joze Mourino shogirdlari, mahorat, mavqe va nomdorlik bo'yicha o'zidan ortda turuvchi jamoa g'alabasini tan olishga majbur bo'ldi. "Bolonya" birinchi bo'lim o'rtalarida Mattias Svanbergning ajoyib zarbasi evaziga hisobni ochib, uchrashuv oxirigacha g'alabani ushlab qolishni uddaladi.

Shomurodov 52-daqiqada jarohat olgan Stefan El-Shaaravining o'rniga maydonga tushdi. Shu kuni hamyurtimiz chap qanot futbolchisi sifatida ham hujumda, ham himoyada ter to'kishiga to'g'ri keldi. Faol o'ynaganiga qaramay, jamoasini mag'lubiyatdan qutqara olmadi.

Evropa futboli tahlili bilan shug'ullanadigan statistik portallar va informatsion saytlar uchrashuv ishtirokchilarining o'yinini baholashda davom etmoqda.

Xususan, mashhur Whoscored portali Shomurodovning o'yinini 6,4 ballga baholadi. Bu rimlik futbolchilar orasida o'rtacha balldir.

Shuningdek, www.calciomercato.com sayti ham o'z ballarini eʻlon qilib, futbolchilar o'yiniga sharh ham berdi.

Ruy Patrisio, 6 ball:
To'rtta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan darvozabon Svanbergning murakkab zarbasini qaytara olmadi. O'yinda uning ko'zga tashlanadigan katta kamchiliklari ham, ustun jihatlari ham namoyon bo'lgani yo'q.

Janluka Manchini, 5.5 ball:
U Svanbergni to'xtatish uchun ko'proq urinishi mumkin edi. Ogohlantirish olmaslik uchun ancha ehtiyot bo'lib o'ynadi.

Kris Smolling, 5.5 ball:
Oldinga o'tishda faol o'ynaganiga qaramay, himoyada bo'shlik qildi. "Bolonya"ning hujumchilari orqa chiziqdagi xatolar evaziga xavfli tus oldi.

Rojyer Ibanyes, 6 ball:
Odatdagidek, himoyada faol bo'ldi. Soriano, Skov-Olsen va Barrouga qarshi vaziyatlarda yaxshi o'ynadi.

Rik Karsdorp, 5.5 ball:
Aql bilan o'ynadi. Bir vaziyatda Temmi Abraxamga juda qulay to'p oshirdi. Qiyin vaziyatda ham o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q. Biroq, kerakmas joyda sariq kartochka oldi.

Jordan Veretu, 4 ball:
U gol muallifi Svanbergni yopishga masʻul edi. Qo'pol xatosi qimmatga tushdi. Aybini yuvish uchun yetarli darajada harakat qilmadi. 64-daqiqada uning o'rniga maydonga tushgan Brayan Kristante 6 ballga loyiq o'yin ko'rsatdi. Koviddan tuzalgan Kristante Rim klubida eng faollardan biri bo'ldi.

Genrix Mxitaryan, 5.5 ball:
U "Jyenoa" va "Torino" ustidan qozonilgan g'alabalarda o'zini ko'rsatgandi. Biroq, bu ritmni ushlab qola olmayapti. Mxitaryan maydon markazida ustunlikni taʻminlashi kerak edi.

Amadu Diavara, 4,5 ball:
Bu o'yinchi odatiy xatolarini tuzata olmayapti.

Karles Peres, 5 ball:
Diavara o'rniga o'yinga qo'shilgan futbolchi Amadudan yaxshiroq o'ynadi. Lekin o'zini kutilgandek ko'rsatgani yo'q.

Stefan El-Shaaravi, 5.5 ball:
Stefan ancha faol boshladi. Skov-Olsenga qarshi ishonchli harakat qila oldi. Ikkinchi bo'lim boshida jarohat tufayli o'rnini Shomurodovga bo'shatib berdi.

Eldor Shomurodov, 5.5 ball:
Shijoat bilan o'yinga qo'shildi. Hujum va himoyada birdek faollik ko'rsatdi. Muvaffaqiyatga erishish uchun ayrim o'yin sifatlarini ko'tarishi lozim.

Nikolo Dzanolo, 5 ball:
Ko'p lekin besamar harakat qildi. Ayrim vaziyatlarda bir o'zi o'ynashga urindi. Simulyatsiya uchun sariq kartochka ham olishga ulgurdi.

Temmi Abraxam, 6 ball:
Dzanoloning yordamiga tayana olmadi. Darvoza tomon murakkab zarbalar yo'lladi. Urinishlari foyda bermadi. Aksiga olib, ogohlantirildi va keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Joze Mourino, 5 ball:
Tarkibni o'zi istagan shaklga keltira olmayapti. Birinchi bo'limda jamoasi ancha bo'sh o'ynadi. Qimmatli ochkolar boy berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
362
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.