calendar 16 Nov 13:20
eye 30
comments 0
comments Manba: zamin

O'zbekistonda 17 noyabr kuni qor yog'ishi kutilmoqda

image
«O'zgidromet» 17 noyabr, chorshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʻlum qildi. Unga ko'ra Toshkent shahrida havo o'zgarib turadi, yomg'ir qorga aylanadi. Shamol g'arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 3-5 daraja iliq bo'ladi, kunduzi 0 darajagacha pasayadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab baʻzi joylarda biroz qor yog'adi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq. Ustyurtda kechasi 10-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab baʻzi joylarda biroz qor yog'adi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Baʻzida changli bo'ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik (yomg'ir qorga aylanadi) bo'ladi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʻzida changli bo'ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik (yomg'ir, baʻzi joylarda qorga aylanadi) bo'ladi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʻzida changli bo'ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, kechga tomon biroz yog'ingarchilik (yomg'ir qorga aylanadi) bo'lishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, qor yog'adi, baʻzi joylarda kuchli bo'ladi. Baʻzi joylarga tuman tushadi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʻzida 23-28 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 17—18 noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga bo'yi orqali Rossiyaning Evropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
54
0
xs.uz

Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby

16 Apr 15:12
 
50
0
xs.uz

Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan yigʻilishda soʻnggi sakkiz yilda hududda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi.'Kecha yarmarkada koʻrdim. Viloyatda bu borada katta maktab shakllanib ulgurdi, yangi korxona qilaman, degan tadbirkorlar ham koʻp. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Ularni ishlab chiqarishni qancha tez oʻzlas

16 Apr 15:12
 
34
0
xs.uz

Endilikda qurilayotgan binolarga QR-kodli pasport beriladi

2025-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekistonda har bir qurilayotgan obyekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Ushbu tizim orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, hujjatlar va ekspertiza xulosalari kabi muhim maʼlumotlarga tezroq ega boʻlish mumkin boʻladi.Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda joylar va yertoʻlalarni qayta qurish yoki rejalashtirishda qurilish meʼyorlarini buzgan holda konstruktiv qismlar va tayanch devorlarni o

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo