"Roma"da katta tozalash boshlandi. Mourino to'qqiz futbolchidan voz kechdi

Unga ko'ra, Mourino qaysi futbolchilar bilan ishlashi va kimlar unga kerak emasligi aniq ko'rsatilgan. Xususan, jahon chempioni Pedro va argentinalik yulduz Xavyer Pastore, angliyalik Stiven Nzonzi kabi mashhur o'yinchilar ham o'ziga yangi boshpana qidirishga majbur bo'ldi.
Endi Joze Mourino o'zi jamoada qoldirgan bir guruh futbolchilardan ham voz kechishga qaror qilgan. Ular qariyb yarim mavsum davomida qaysar murabbiyning ishonchini qozona olmadi.
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com saytining xabar berishicha, Joze Mourino yanvarda albaniyalik Marash Kumbulla, ispaniyalik Borxa Mayoral va Gonsalo Vilyar, asosiy tarkibdagi joyini boy bergan italiyalik Rikkardo Kalafori, Davide Santon, Alessio Rikkardi, argentinalik Federiko Fatsio, gvineyalik Amadu Diavara hamda amerikalik Brayan Reynoldsdan qutilishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, jamoaning tajribali o'yinchilaridan Genoix Mxitaryan va ko'p jarohat olayotgan Kris Smolling ham Rimni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Mourino "Xoffenxaym" futbolchisini kutyapti
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibni yangilashga qaror qilgan. Ayni paytda Rim klubi mutasaddilari Bundesliganing bir necha futbolchilarini kuzatmoqda. Ular orasidan "Xoffenxaym" yarim himoyachisi Florian Grillichning o'yini rimliklarga maʻqul kelmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning maʻlum qilishicha, himoyaviy o'yinda ishonchli harakat qila oladigan Grillich qishki transferlar vaqtida Italiyaga kelishi kutilmoqda. O'yinchining o'zi ham Bundesligani tark etishga qarshi emas va shu bois Florian jamoa bilan mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani yangilashdan bosh tortdi.
Joriy mavsumda Fdorian Grillich Germaniya chempionatida sakkizta uchrashuvda ishtirok etdi.
Veretu:Mourino haq, "Roma"ni kuchaytirmasak bo'lmaydi!
"Roma"dan Frantsiya terma jamoasiga chaqirtirilgan yarim himoyachi Jordan Veretu Rim klubi haqidagi fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Bu futbolchini terma jamoa bosh murabbiyi Didye Desham jarohat olgan Pol Pogba o'rniga taklif qilgan edi.
- Hozir "Roma"da pasayish jarayoni davom etmoqda. Mavzumni zo'r boshladik va ko'pchilik, ishlarimiz yurishib ketdi, deb o'ylay boshladi. Maqsadimiz o'zgarmaydi va Chempionlar ligasi uchun kurashni davom ettiramiz.
O'zimga kelsak, Italiyada taktik jihatdan va jismonan kuchaydim. Turli murabbiylardan katta tajriba oldim va xatolarni tuzatishni o'rgandim.
Hozir A Seriya murakkablashib ketdi. Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashishga qodir 8-9 ta jamoa bor. Kichik klublar grandlardan ochko tortib olyapti. Venetsiyada shunday bo'ldi. Bunga qaramay, biz yuqori saviyada o'ynay olishimizni namoyish qilganmiz. "Napoli"ni aynan biz to'xtatib qoldik.
Mourino "Roma"ga nima berdi? Joze tug'ma g'olib. Bu loyihani amalga oshirish uchun aynan u kerak. U qattiqqo'l va futbolchilardan 200 foiz kuch sarflashni talab qiladi. "Roma" katta loyia. Uni amalga oshirish uchun vaqt kerak. Bundan tashqari, zo'r jamoalar qatoriga qo'shilish uchun jamoani muntazam yangi ijrochilar bilan kuchaytirib borish lozim, - dedi Jordan Veretu.
Mourino eng kuchli besh murabbiydan biri
"Roma"ning mashhur futbolchilaridan Daniele de Rossi jamoani boshqarayotgan Joze Mourinoning imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
- Mourino – hozir ham dunyoning eng kuchli besh murabbiyidan biri. Uni bezdirib qo'ymang va hammasi yaxshi bo'ladi. U jamoani inqirozdan qutqara oladi, - dedi Daniele de Rossi.
De Rossi Evropadagi butun faoliyatini "Roma"da o'tkazgan 1992-2019 yillar davomida jami 459 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 43 marotaba ishg'ol qilgan. Keyinchalik Argentinaga ko'chib o'tib, "Boka Xuniors"da to'p tepdi. Bu futbolchi yelublar miqyosida Italiya va Argentina chempion bo'lgan.
Mashhur yarim himoyasi Italiya terma jamoasi safida 117 marta maydonga tushib, 21ta gol muallifi bo'lgan. 2006 yili terma jamoa bilan jahon chempionligini qo'lga kiritdi. "Zamin" yangiliklarini "Odnoklassniki"da kuzatib boring
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.