JCh—2021. Madiyor Saidrahimov qozog‘istonlik bokschi ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, chorak finalga chiqdi

Boks bo‘yicha 2021-yilgi Jahon chempionatining 31-oktabr kungi bahslari yakunlandi.
-92 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Madiyor Saidrahimov qozog‘istonlik Aybek Oralbayga qarshi to‘qnash keldi. Birinchi raundda qozog‘istonlik bokschi ustunlik qildi va hatto Madiyorni nokdaun holatiga tushirishga erishdi. Biroq keyingi raundlarda Saidrahimov raqibidan faol harakat qildi va jang natijasini o‘z tomoniga og‘dira oldi. Yakunda hakamlar 4:1 hisobida O‘zbekiston vakilining g‘alabasini qayd etdi.
Mazkur jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin → ko‘rish.
Shu tariqa Saidrahimov chorak finalga yo‘l oldi va u yerda angliyalik Lyuis Uilyamsga qarshi jang qiladi. Saidrahimov avvalgi bosqichda belaruslik Vladislav Smyaglikovga imkon qoldirmagandi.
31-oktabr kungi bahslarda ishtirok etgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschidan uch nafari chorak finalga yo‘llanma oldi. Bular: Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Halokov va Madiyor Saidrahimov. Shahobiddin Zoirov esa musobaqa bilan xayrlashdi.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.