Tobutdagi tirik odam, kuz ranglariga burkangan Toshkent, yetim qolgan olmaxon. Hafta suratlari

Hafta davomida olingan sara suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Toshkentdagi Anhor kanali bo‘yida kuz ranglariga burkangan xiyobon. 2021-yil, 30-oktabr.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Mavzuga doir: Foto: Toshkentda kuz nafasi
Toshkentning “Mirobod” bozoridagi “Elga xizmat” rastasidagi sabzavotlar va poliz ekinlarini hamda ularning narxlarini kuzatayotgan xaridor ayol. 2021-yil, 29-oktabr.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasida obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan xodimlar uchun ajratilgan avtobus.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Mexiko shahri chekkasidagi Xochimilko tumanidagi San-Luis Tlaksialtemalko bolalar bog‘chasida Meksikada o‘lganlar kunini nishonlashda foydalaniladigan gulijavhar guliga qo‘nib turgan kapalak.
Foto: Reuters
Toshkentda 28-oktabr kuni yog‘ingarchilik kuzatildi. Suratda — 101-avtobusning issiqqina salonida ketayotgan yo‘lovchi qiz va avtobus tashqarisida egasini yomg‘irdan pana qilayotgan qora soyabon.
Foto: Dilzoda Hamidjonova
Yomg‘irli kunda salonida yo‘lovchisi bor Matiz’ini Toshkentning Parkent ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotgan haydovchi. 2021-yil, 28-oktabr.
Foto: Dilzoda Hamidjonova
Hindistonning Ahmadobod shahridagi kriket ishqibozlari yuzlari Hindiston va Pokiston davlat bayroqlari ranglariga bo‘yalgan holda Dubaydagi Twenty20 jahon chempionatining Super12 bosqichida Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi birinchi o‘yin oldidan suratga tushmoqda.
Foto: Reuters
Toshkentning “Mirobod” dehqon bozorida gazeta mutolaasi bilan band asal sotuvchisi. 2021-yil, 29-oktabr.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Singapur hayvonot bog‘ida yashovchi yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan zebraning grevi turi.
Foto: Getty Images
Toshkentning Do‘rmon yo‘li va Ziyolilar ko‘chasi chorrahasida qurilayotgan IT Park’ning osmono‘par binolari. Chap tarafdagi binoning 19 va 20-qavatlaridagi ochiq sathlarda quruvchilar ishlamoqda. 2021-yil, 26-oktabr.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Mavzuga doir: Samarqandni kim qurmoqda?
Toshkentning “Rakat” mahallasida qurigan barglar orasida dam olib yotgan mushuk. 2021-yil, 30-oktabr.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Mavzuga doir: “Uxlatadigan dori yo‘qligi uchun itlarni otib o‘ldiramiz”. O‘zbekistonda qarovsiz hayvonlarga munosabat qachon o‘zgaradi?
Antaliyalik g‘avvosning ko‘krak saratoni kasalligiga odamlar e’tiborini tortish harakati.
Foto: Getty Images
Toshkentning Qatortol ko‘chasidagi chorrahalarning birida tashkil etilgan ko‘chma meva-sabzavot rastasi sotuvchisi kartoshkani diqqat bilan ko‘zdan kechirmoqda. 2021-yil, 26-oktabr.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Moskvadagi 29-xalqaro dafn marosimi yarmarkasi – Necropolis Tanexpo 2021 da ko‘rgazma ishtirokchisi tobutli libosda kiyinib olgan.
Foto: Getty Images
Boston Dynamics robot iti Indianapolis trassasida Indy Autonomous Challenge poygasi oldidan katakchali bayroqni ushlab turibdi.
Foto: Getty Images
Italiyaning Janubiy Tirol provinsiyasidagi Dolomit tog‘laridagi turli rangdagi daraxtlar.
Foto: AP Photo
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasidagi Viktoriya sohilida yonib ketgan Zim Kingston konteyner kemasiga suv sepayotgan o‘t o‘chiruvchilar.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Ziyorat uchun yopilgan qabristonlar, harbiy qizidan faxrlangan ona, Papa bilan uchrashgan Bayden. 29-oktabr suratlari
- Yomg‘ir ostidagi Toshkent, bo‘yalgan jo‘jalar, Xellouinga tayyorgarlik. 28-oktabr suratlari
- Nogironlar aravachasida basketbol o‘ynayotgan amaldorlar, harbiy xuntaga qarshi sudanliklar, vulqon yaqinida sayr qilayotgan odam. 27-oktabr suratlari
- Oddiy fuqaroga turmushga chiqqan malika, Afg‘onistonga xavf solayotgan qurg‘oqchilik, Moskvada yurgan farishta. 26-oktabr suratlari
- Qayta saylangan Mirziyoyev, Bag‘dod ko‘chalaridagi umidbaxsh suratlar, mo‘ylov va soqol chempionati. 25-oktabr suratlari
- Boburiylarning zumrad linzali ko‘zoynagi, millionlarga sotilgan dinozavr skeleti, yaqinda ochilgan “Dubay ko‘zi”. 22-oktabr suratlari
- Oynada tayyorlangan kostyum, vaksinaning milliardinchi dozasini olayotgan ayol, dunyodagi eng baland charxpalak. 21-oktabr suratlari
Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi
Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b
Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.Xalq ogʻzaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan boʻlgan baxshichilik sanʼati yuksak gumanizm gʻoyalarini, tinchlik va doʻstlik, adolat va haqiqat kabi ezgu fazilatlarni mahorat bilan tarannum etadi. Shu b
Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.
Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi
Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal