Xrizantema gulini Jomboy sharoitiga moslashtirgan fermer 600 million so‘m daromad olishni moʻljallamoqda


Foto: “Xalq soʻzi”
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Sobirov Toshmurod” fermer xo‘jaligi 17 gektar yer maydonida g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiradi. O‘tgan yili Namanganda bo‘lib o‘tgan gul saylida qatnashgan fermer Akbar Sobirov vodiy viloyatlaridagi tadbirkorlar asli vatani Gollandiya bo‘lgan xrizantemani mahalliy sharoitda yetishtirib, mo‘maygina daromad olayotganiga guvoh bo‘ldi.
Fermer xo‘jaligini ko‘p tarmoqliga aylantirish, bozor talab va taklifidan kelib chiqqan holda boshqa turdagi ekinlarni yetishtirish maqsadida tadbirkor yangi loyihaga qo‘l urdi. U Gollandiyadan 20 ming dona xrizantema ko‘chatlarini keltirib, issiqxonada mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirdi va tajriba sifatida erta bahorda 1 gektardan ortiq yer maydoniga ekib parvarishladi.
Astoydil qilingan mehnat o‘z samarasini berdi – xrizantema gullari fermer dalasini alvon ranglarga “bo‘yadi”. Ayni kunlarda bu yerda o‘n turda 25 ming tupdan ortiq gullar yetishtirilyapti. Bugungi kunda fermerning gulzorida oila aʼzolari bilan birga qirqqa yaqin kishi doimiy ish bilan taʼminlanib, qo‘shimcha daromad olmoqda.
— Tajriba sifatida 1,2 gektar yer maydoniga shu gullarni ekib, qariyb 600 million so‘m foyda olishni mo‘ljallab turibmiz, — deydi fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Baxtiyor Sobirov. — Gullarni parvarishlashda “O‘zagroinspeksiya”ning Jomboy tuman bo‘limi mutaxassislari bizga yaqindan yordam berdi.
Hozirda “Sobirov Toshmurod” fermer xo‘jaligida yetishtirilgan xrizantema gullari tadbirkorlar va aholi tomonidan xarid qilinmoqda.
-Bulung‘ur tumanidanman. Xususiy klinikam hududini obodonlashtirish uchun xrizantema gullaridan 300 dona xarid qildim. Narxlari ham bozordan ancha arzon, - deydi tadbirkor Dildora Farmonova.
Kelgusida fermer xo‘jaligi tomonidan yana 3 gektar yer maydonida xrizantema gullari yetishtirib, qo‘shni Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlariga ham yetkazib berish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, 2 gektar yerda 10 turdagi atirgul, oq, qizil va sariq rangli lola parvarishlash rejalashtirilgan bo‘lib, buning evaziga qator yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Abdulaziz YO‘LDOSHEV, “Xalq so‘zi” muxbiri.
Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi
AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan