calendar 06 Oct 14:10
eye 76
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi qanday o‘tdi?

image

Toshkenda yangi ochilgan Renessans holl kinokonsert zalida O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

Tantanali yopilish marosimi oldidan tashkillashtirilgan dabdabali qizil yo‘lakchada o‘zbek va dunyo yulduzlari ko‘rinish berdi.

Ochilish marosimida tashkil etilgan dabdabali qizil yo‘lakchada boshlovchilar dunyo yulduzlarini tanishtirayotganda xatoliklarga yo‘l qo‘ygani, adashib ketishgani, chet ellik ko‘plab aktyorlar qizil yo‘lakchada navbatini kutib qolishgani tanqidlarga sabab bo‘lgan edi.

Yopilish marosimida ochilish marosimidagi xatolardan xulosa chiqarilgani tadbir boshidan to so‘ngiga qadar bilinib turdi.

O‘ngdan chapga: O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye

Foto: “Daryo”

OAV xodimlarining intervyu olishi uchun alohida, operatorlarning syomka qilishi uchun alohida joylar hozirlangan edi. Qizil yo‘lakchaning asosiy maydonida to‘rtta boshlovchi, DJ va rejissordan boshqa deyarli hech kim harakatlanmadi. Yopilish marosimida esa bu borada ko‘plab tartibsizliklar kuzatilgan edi.

Aktrisa Sitora Farmonova

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev

Foto: “Daryo”

Aktyor, xonanda, boshlovchi Samandar Hamroqulov rafiqasi bilan

Foto: “Daryo”

Aktrisa Dilnoza Kubayeva

Foto: “Daryo”

Bir soatdan ortiq davom etgan qizil yo‘lakcha marosimida mehmonlarni kutmadik ham, kuttirmadik ham. Ular Range Rover, Mercedes-Benz, Captiva, Malibu, Hyundai, Lacetti kabi mashinalarda qizil yo‘lakchada birin-ketin ko‘rinish berdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova, aktrisalar Barno Qodirova hamda Sayyora Nazirova Foto: “Daryo”

Qizil yo‘lakchada boshlovchilik qilgan Sirojiddin O‘sarov hamda Kamil Jalilov

Foto: “Daryo”

Kinofestivalning ochilish marosimidagi qizil yo‘lakchadan farqli o‘laroq, yopilish marosimida o‘zbek musiqa va kino olamining ko‘plab vakillari mehmon bo‘ldi.

Chapdan o‘ngga: Rejissor Hilol Nasimov, so‘z ustasi Valijon Shamsiyev, aktyor Fotih Nasimov

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev, aktrisa Dilorom Egamberdiyeva

Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova, aktrisalar Barno Qodirova hamda Sayyora Nazirova Foto: “Daryo”

O‘ngdan chapga: O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov, boshlovchilar Jamshid Umrzoqov hamda Nilufar Sotiboldiyeva

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Zokirova, Botir Muhammadjonov, aktrisa Muyassar Berdiqulova

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedovdan boshlab toki kino olamiga endi kirib kelgan aktyor va aktrisalarning ko‘pchiligi ushbu marosimga keldi.

Aktyor, rejissor Alisher Uzoqov ochilish marosimiga taklif qilinmagani sababli videomurojaat qilgan edi. Ko‘pchilik kino muxlislari yopilish marosimida aktyorni kutdi. Biroq Alisher Uzoqov qizil yo‘lakchaga ham, tantanali yopilish marosimiga ham kelmadi.

Mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye

Foto: “Daryo”

Qizil yo‘lakchada taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye ko‘rinish berdi. Aktyordan qizil yo‘lakchada intervyu olishning imkoni bo‘lmadi. Lekin ferstival doirasidagi uchrashuvlardan birida aktyor o‘zbek kinematografiyasi haqida “O‘zbekiston hukumatining milliy kinematografiyani rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari tahsinga loyiq. Ko‘rib turibmizki, o‘zbek kinematografiyasining kelajagi sifatida yoshlarga katta e’tibor qaratilmoqda”, — degan fikrlarni aytib o‘tgan ekan.

Festivalning ochilish marosimida, festival doirasidagi boshqa tadbirlarda ishtirok etgan ko‘plab dunyo yulduzlari yopilish marosimiga qadar Toshkentda qolmagani sababli yopish marosimida ularning aksariyati ko‘rinishmadi.

Mashhur fransuz rejissori, ssenarist va prodyuser Lyuk Besson, taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye, rejissor va prodyuser Timur Bekmambetov, aktyor Aleksandr Revva, aktrisa Ravshana Kurkova, aktyor va sportchi Oleg Taktarov, amerikalik prodyuser, tadbirkor Doors to Hollywood prezidenti Bob Van Ronkel, singari dunyo yulduzlari yopilish marosimida qizil yo‘lakchadan o‘tdi.

Mashhur fransuz rejissori, ssenarist va prodyuser Lyuk Besson

Foto: “Daryo”

Amerikalik prodyuser, tadbirkor Doors to Hollywood film akademiyasi prezidenti Bob Van Ronkel

Foto: “Daryo”

Mashhur fransuz rejissori, ssenarist va prodyuser Lyuk Besson

Foto: “Daryo”

Aleksand Revva

Foto: “Daryo”

Festival doirasida esa mashhur turk aktyorlaridan O‘zjan Deniz, Dilan Chichek Deniz, Melisa Asli Pamuk, Erjan Kesal, Nazan Kesal, Selim Bayraktar, Sefa Zengin, Dog‘ukan Erdem, Serdan O‘rtach, Erkan Kolchak, hind aktyorlaridan Mithun Chakraborti, Raj Kapurning o‘g‘li Randhir Kapur, aktrisa Richa Chadda, Boman Irani, Kunal Kapur, britaniyalik rejissor, ssenarist, rassom Oliver Gay-Uotkins,  aktyor Aleksey Chadov, amerikalik mashhur bastakor Uolter Afanasyeff, aktyor Stiven Sigal singari dunyo yulduzlari yurtimizga mehmon bo‘lishdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Boir Xolmirzayev

Foto: “Daryo”

Operatorlar aka-uka Hasan va Husan Atabayevlar hamda Diyor Abduhalikov

Foto: “Daryo”

Bloger Xanna

Foto: “Daryo”

Rejissor Bahodir Yo‘ldoshev oilasi va ijodiy jamoasi bilan

Foto: “Daryo”

Aktrisalar Feruza Sobitova, Luiza Rasulova hamda bloger Shahnoza Soatova

Foto: “Daryo”

Aktrisa Vazira Yunusova

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali 28-sentabr va 3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi.

Muallif:Feruz Muhammad

Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
26
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

YEGANDEK BO‘LDIM

«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya

24 Mar 13:25
 
81
0
xs.uz

“Har toshi tarixdir qardosh diyorning...”

Badiiyat olamiXabaringiz bor, koʻp yillardan beri 'www.xs.uz' saytimizda xalqning maʼnaviy-ruhiy ozuqasi sanalgan, inson qalbini poklash, tafakkur olamini yoritish, orzu-umidlari roʻyobi sari qanot qoqishdek vazifani zimmasiga olgan badiiy soʻz sanʼati sohiblarining bir-biridan goʻzal va mazmundor ijodiy asarlarini yoritib boramiz.Shu maʼnoda, bugun 'Badiiyat olami' ruknida joylanayotgan sheʼr-u hikoyalar koʻpchilikning qalbidan joy olib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishda kamarbasta bo