calendar 22 Sep 13:31
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir

Rossiyaning eng serdaromad milliarderlari eʻlon qilindi. Usmonov nechinchi o'rinda?

image
image

Asli kelib chiqishi o'zbek bo'lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 1,43 milliard dollar daromadi bilan "Forbes"ning 2020 yilda eng ko'p daromad topgan rossiyalik milliarderlar reytingida uchinchi o'rinni egalladi.

Qayd etilishicha, 2020 yilda eng ko'p daromad topgan rossiyalik milliarderlar ro'yxatida birinchi o'rinni Aleksey Mordashov egallagan. Uning dividendlar va Tele2 operatorining aktsiyalarini sotish orqali tushgan daromadi 1,7 milliard dollarga teng.

Reytingda ikkinchi o'rin Vladimir Lisinga nasib qildi. Dividendlar va NLMK aktsiyalarini sotish orqali topgan daromadi unga to'rtinchi o'rindan ikkinchi o'ringa chiqish imkonini berdi. Maʻlum bo'lishicha, Lisinning daromadi taxminan 1,48 milliard dollarga teng. 

Kuchli uchlikka kirgan millarder Alisher Usmonov o'tgan yili USM Holdings`ning 49 foiziga egalik qilgan. U katta dividendni " Metalloinvest" AJdan olgan. 2019 yil oxirida kompaniya aktsiyadorlariga atigi 78,5 milliard rubl to'lagan bo'lsa, 2020 yilga kelib oraliq dividendlar 140 milliard rublni tashkil etgan.

Kuchli beshlikni "Lukoyl" kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov (1,14 milliard dollar) hamda senator Sulaymon Kerimov (922 million dollar) yakunladi. Shu bilan birga, reytingda 645 million dollar daromad bilan "Chelsi" futbol klubi egasi Roman Abramovich ham o'rin olgan.

Maʻlumot o'rnida, Alisher Usmonov 2000 yildan 2014 yilgacha "Gazprom" davlat konglomeratining sho'ʻba korxonasi – "Gazprom Investholding"ni boshqargan. Bundan tashqari, milliarder 2006 yilda o'zining sanʻat, fan va sport xayriya tashkilotiga asos solgan.

Shuningdek, "Forbes" reytingidan joy olgan Alisher Usmonov Facebookʼning birinchi investorlaridan biri hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
70
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta

18 Apr 11:08
 
33
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

15 Apr 07:06
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p