Surxondaryo hokimi Bahodir Jalolovga “Skoda” avtomobilini sovgʻa qildi


Bugun Termiz shahrida Tokioda boʻlib oʻtgan XXXII-yozgi olimpiya oʻyinlarida sportning boks turi boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan Bahodir Jalolovni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov mahoratli bokschimizni erishgan gʻalabasi bilan muborakbod etib, unga «Skoda» yengil avtomashinasining kalitini topshirdi.
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl
Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi
Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d
Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
Gʻiyosov toʻqnashuvning ilk soniyalaridanoq ring markazini egallab, raqibiga nisbatan bosim bilan harakat qildi. Hatto 1-raundning oʻzida ketma-ket berilgan aniq zarbalardan bir raqib bokschini nokdaun holatiga tushirdi. Keyingi raundlarda ham Shahram yaqqol ustunlik qildi va 4-raundda Okampo tanasiga qabul qilib olgan ogʻir zarbadan soʻng ringga yiqildi.Qoidaga koʻra referi baland ovozda 10 gacha sanadi, bu vaqt ichida argentinalik bokschi oʻziga kela olmadi va texnik nokaut qayd etildi.
Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?
Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi