calendar 28 Jul 17:10
eye 32
comments 0
comments Manba: daryo

Tokio—2020. Braziliya Saudiya Arabistonini yengib, chorak finalga chiqdi. Ispaniya ham keyingi bosqichda. Fransiya va Germaniya esa guruhda qolib ketdi

image

Tokio—2020 Olimpiadasining futbol bahslari guruh bosqichining so‘nggi 3-tur o‘yinlari 28-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

A guruhida muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal etgan mezbon Yaponiya Fransiyani 4:0 hisobda tor-mor keltirdi. Meksika esa JARni mag‘lub etib, 1/4 finalga chiqdi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

B guruhida Janubiy Koreya Gondurasni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, Yangi Zelandiya Ruminiya bilan durang o‘ynaganiga qaramay, guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

C guruhidan esa Ispaniya va Misr jamoalari 1/4 finalga chiqdi. Argentina hamda Avstraliya esa guruhda qolib ketdi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

D guruhida Braziliya Saudiya Arabistonini yengdi va 1/4 finalga yo‘l oldi. Germaniya esa guruhning ikkinchi o‘yinida Kot-d’Ivuarni mag‘lub etolmay guruhda qolib ketdi.

Shu tariqa Tokio Olimpiadasining guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi. Chorak finalga yo‘l olgan jamoalar: Braziliya, Kot-d’Ivuar, Ispaniya, Misr, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Meksika. Favoritlar qatorida ko‘rsatilgan Germaniya, Argentina va Fransiya esa guruhda qolib ketdi. 1/4 final to‘qnashuvlari 31-iyul sanasiga belgilangan: Undagi juftliklar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Ispaniya U-23 — Kot-d’Ivuar U-23;
  • Yaponiya U-23 — Yangi Zelandiya U-23;
  • Braziliya U-23 — Misr U-23;
  • Janubiy Koreya U-23 — Meksika U-23.

Tokio—2020, futbol

3-tur bahslari

28-iyul, chorshanba

A guruhi

JAR U-23 — Meksika U-23 0:3

Gollar: 0:1 – 18 Vega, 0:2 – 45 Romo, 0:3 – 60 Martin.

Chetlatishlar: Malepe (57) — Rodriges (66).

Fransiya U-23 — Yaponiya U-23 0:4

Gollar: 0:1 – 27 Kubo, 0:2 – 34 Sakai, 0:3 – 70 Miyosi, 0:4 – 90+1 Maeda.

Chetlatish: Kolo-Muani – 74 (Fransiya).

B guruhi

Janubiy Koreya U-23 — Gonduras U-23 6:0

Gollar: 1:0 – 12, penalti Hvan Iy Jo, 2:0 – 19, penalti Von Du Je, 3:0 – 45 Hvan Iy Jo, 4:0 – 52, penalti Hvan Iy Jo, 5:0 – 64 Kim Jin Ya, 6:0 – 82 Li Kan In.

Chetlatish: Melendes – 39 (Gonduras).

Ruminiya U-23 — Yangi Zelandiya U-23 0:0

C guruhi

Avstraliya U-23 — Misr U-23 0:2

Gollar: 0:1 – 44 Rayan, 0:2 – 85 Hamdi.

Ispaniya U-23 — Argentina U-23 1:1

Gollar: 1:0 – 66 Merino, 1:1 – 87 Belmonte.

D guruhi

Saudiya Arabistoni U-23 — Braziliya U-23 1:3

Gollar: 0:1 – 14 Mateus Kunya, 1:1 – 27 al-Amri, 1:2 – 76 Risharlison, 1:3 – 90 Risharlison.

Germaniya U-23 — Kot-d’Ivuar U-23 1:1

Gollar: 0:1 – 67, avtogol Henrixs, 1:1 – 73 Leven.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
368
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.