calendar 20 Mar 12:50
eye 78
comments 0
comments Manba: postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

image

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademiyasi maydonida turnirning guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari boshlandi. Musobaqa startidan oldin viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Inomov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat va yorqin g‘alabalar tiladi.

  Turnirning birinchi kunida Buxoro viloyati IIB terma jamoasi bilan Farg‘ona viloyati IIB terma jamoasi bellashdi. Bellashuvda 2:0 hisobida Buxoro viloyati IIB terma jamoasi g‘olib bo‘ldi. Surxondaryo viloyati IIB terma jamoasi hamdaTransport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti terma jamoasi o‘rtasidagi bahs esa 2:2 hisobiga durang qayd etildi.

                 R.RAJABOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
43
0
xs.uz

Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj

Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldiKuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kel

17 May 21:48
 
53
0
xs.uz

“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat

08 Jun 02:27
 
159
0
xs.uz

“Los Angeles 2028” yozgi Paralimpiya oʻyinlarining musobaqalar dasturi eʼlon qilindi

'Los Angeles 2028' yozgi Paralimpiya oʻyinlarining musobaqalar dasturi eʼlon qilindi. Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi boshqaruv kengashi tomonidan taqdim etilgan dasturga koʻra, ushbu musobaqalarda tarixdagi eng koʻp medallar jamgʻarmasi oʻynaladi.Paralimpiya oʻyinlarida 23 ta sport turi boʻyicha jami 560 ta dasturda medallar uchun kurash olib boriladi. Bu koʻrsatkich 'Parij-2024' musobaqasidan 11 ta koʻpdir. Ayniqsa, ayollar ishtirokidagi dasturlar sonining oshirilgani va para qoyani z

13 Jun 00:40
 
24
0
xs.uz

Xalqimizni yanada birlashtirgan tarixiy yutuq

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni 'Bunyodkor' stadioniga tashrif buyurib, futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinini tomosha qildi.Bu oddiy o'yin emas, o'zbek futbolining katta bayrami. Jahon chempionati saralash bosqichining so'nggi uchrashuvi. Lekin mohir sportchilarimiz mundial yo'llanmasini muddatidan oldin naqd qilib qo'ygan ' O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor futbol bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etadi!Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'