calendar 16 Jul 05:20
eye 35
comments 0
comments Manba: zamin

Evropadagi ikki legionerimiz transferi rasman eʻlon qilindi!

image

Belarus chempionati oliy ligasida ishtirok etayotgan "Eyenrgetik-BGU" jamoasi rasmiy sayti o'zbekistonlik ikki futbolchi Bobur Abduxoliqov va Shahzod Ubaydullayevning transferini eʻlon qildi.

"Nasaf" klubi tarbiyalanuchisi Bobur Abduxoliqov yil boshida Ukrainaning "Rux" jamoasi safiga qo'shilgan edi. Biroq, ushbu jamoa murabbiylar shtabi o'zbekistonlik futbolchiga o'zini ko'rsatish uchun imkon bermadi. Yoshlar jamoasidagi bir necha o'yinda yuqori salohiyatini namoyish etgan o'yinchimiz asosiy tarkibdan chetda qolaverdi.

Bobur Abduxoliqov vaqt yo'qotmaslik maqsadida ukrainaliklar bilan kelishuvni bekor qildi va "Rux"ni tark etdi. Avvalroq, 24 yoshli futbolchimiz o'ziga bildirilayotgan takliflarni o'rganib chiqayotgani va tez orada Evropa jamoalaridan birini tanlashi haqida maʻlumot bergan edi. Keyinchalik isteʻdodli hujumchi Belarus chempionatiga yo'l olishi xabar qilindi. Endi bu maʻlumot rasman tasdiqlandi.

"Nasaf" jamoasi tarkibida yorqin o'yinlari bilan muxlisu mutaxassislar eʻtiborini qozongan Bobur Abduxoliqov qarshiliklar safida jami 145 ta uchrashuvda 54 ta gol kiritgan. Shuningdek, O'zbekiston yoshlar terma jamoasida 40 ta o'yinda raqiblar darvozasini 21 marotaba ishg'ol qilgan. Milliy terma jamoa tarkibida uchta uchrashuvda maydonga tushgan.
Bundan tashqari, "Energetik-BGU" Belarus chempioni – "Shaxtyor" tarkibidagi hamyurtimiz Shahzod Ubaydullayevni ham ijaraga olganini eʻlon qildi.

Ubaydullayev mavsumoldi yig'inlarida o'zining mahoratini ko'rsatib, soligorskliklarning to'purari bo'lgandi. Belarus oliy ligasi boshlanishi bilan u tarkibga kiritilmayapti. Hozirgacha Shahzod uchta uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatma berdi.
Shahzod Ubaydullayev ham O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. U mamlakatimiz bosh jamoasi safida uchta o'yin o'tkazib, bitta gol urishga ham muvaffaq bo'lgan.

"Energetik-BGU"  o'zbekistonlik futbolchilarga ham, muxlislarga ham begona emas. O'tgan mavsumda bu jamoada Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov to'p tepgandi. Keyinchalik "Shaxtyor"ga o'tgan Jasur oxir-oqibat mavsumni chempion sifatida yakunladi. Ayni paytda Yaxshiboyev Polsha chempioni "Legiya" jamoasida o'z omadini qidirmoqda.

Shahboz Umarov o'tgan yili "Energetik-BGU"da 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol va uchta golli uzatma muallifi bo'ldi. Hozir BATE sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz borisovliklarning yetakchilaridan biriga aylangan. Hozircha, Umarov o'z hisobiga beshta gol va to'rtta  uzatma yozib qo'ydi. BATE safida Belarus kubogini qo'lga kiritdi.

O'tgan mavsumda "Energetik-BGU"da Humoyunmirzo Iminov ham o'ynadi. Bu futbolchimiz o'zi uchun yetarli tajriba to'plab, hozir "Paxtakor"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.

Demak, Belarus chempionatida muxlislarimiz yana o'zlari uchun qadrdon bo'lib qolgan "Energetik-BGU"ga muxlislik qila boshlaydi. Bu jamoa Abduxoliqov va Ubaydullayevning kuchliroq klublar va chempionatlarga  ko'chib o'tishida o'ziga xos tramplin bo'lishiga umid qilamiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
358
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.