“Bu yerda nosog‘lom muhit hukm surmoqda”. Bolalar ombudsmani Samarqanddagi 63-sonli maktab-internatdagi vaziyatni o‘rgandi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 63-sonli ixtisoslashgan maktab-internatdagi yuz-ko‘zlari ko‘kargan, yirtiq-yamoq kiyimlarda yurgan va kir yuvayotgan bolalar suratlari tarqalgandi. Vaziyat Senat qo‘mitasi tomonidan nazoratga olinib, holat yuzasidan Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilgandi. Vaziyat bolalar huquqlari bo‘yicha vakil o‘rinbosari tomonidan nazoratga olingani hamda o‘rganib chiqilgani ma’lum qilindi.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmatining qayd etishicha, Samarqand viloyati hokimiga holatni o‘rganish va to‘plangan ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha so‘rov yuborilgan.
Holat 25-may kuni bola huquqlari bo‘yicha vakilning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili N.Rabbimova, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, tuman hokimi Najmiddin Sulaymonov, tuman prokurori Dilshod Kubayev, tuman IIB boshlig‘i Bahodir Ibragimov, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva, boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
Mintaqaviy vakilning aniqlashicha, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi ushbu muassasada tarbiyalanayotgan suratdagi 2 nafar bola otasi tomonidan uyiga qaytarib olib ketilgan, ko‘zi ko‘kargan bola esa 11-mart kuni tengdoshi bilan urishgani va o‘shanda ko‘zi ko‘karganini aytgan. Bu holat bolaning tibbiy anketasida ham qayd etilgan.
Shuningdek, tog‘orada kir yuvayotgan 4-sinf bolasining onasi bilan suhbat qurilganida bu kabi holatlar 4 yil davomida umuman kuzatilmagani va ushbu rasmni ko‘rib tushunishmaganini bildirgan.
“Albatta bu holat o‘rganilib, unga oydinlik kiritilgach, bola huquqlarini ta’minlashda, ularning ta’lim olishi, sog‘lig‘ini saqlash masalalarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlansa, ularga tegishli choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.
Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakil N.Rabbimovaning so‘zlariga ko‘ra, muassasada nosog‘lom muhit hukm surmoqda. Xodimlar o‘rtasida o‘zboshimchalik, rahbarlarga bo‘ysunmaslik, lavozim vazifalarini bajarmaslik, o‘z ishiga e’tiborsizlik bilan qarash holatlari ko‘zga tashlanmoqda.
Mazkur masala Samarqand viloyati hokimi nazoratiga olinib, muassasadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qat’iy vazifa va topshiriqlar berilgani ma’lum qilingan.
Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi
Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b
Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.Xalq ogʻzaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan boʻlgan baxshichilik sanʼati yuksak gumanizm gʻoyalarini, tinchlik va doʻstlik, adolat va haqiqat kabi ezgu fazilatlarni mahorat bilan tarannum etadi. Shu b
Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.
Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi
Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal