Eldorning isteʻdodi, salohiyati va mahoratiga hyech qanday eʻtirof bo'lishi mumkin emas. U futbolchi sifatida bu fazilatlarini mehnatkashligi bilan yanadan kuchaytira olgan charm to'p ustasi hisoblanadi.
Biroq, hamyurtimizning keyingi ikki yildagi faoliyatiga nazar tashlasak, o'zi uchun o'ta murakkab va omadsiz bosqichni boshdan o'tkazganiga guvoh bo'lamiz.
Shomurodov 2019-2020 yilgi mavsumni "Rostov" tarkibida zo'r boshladi, gollarni qalashtirib tashladi. Biroq, 2020 yil boshida koronavirus karantini eʻlon qilingach, Eldor formasini yo'qotib qo'ydi. O'sha mavsumning ikkinsi yarmida karantindan chiqqandan keyin hamyurtimiz Rossiya premyer-ligasida umuman gol urolmay qoldi.
Garchi Evropa ligasida "Makkabi" darvozasini bir marta ishg'ol qilgan bo'lsa-da, milliy chempionatlar miqyosidagi golsiz seriya "Jyenoa"ga ko'chib o'tganida ham davom etdi.
Muxlisu mutaxassislar orasida genuyaliklar Eldorni olib katta xatoga yo'l qo'yganini taʻkidlaydiganlar ko'payib qoldi. Hatto, italiyalik mashhur agent Marko Trabukki "Jyenoa"ning Shomurodovni transfer qilishi katta xato egkani, bundan faqat "Rostov" yutgani, genuyaliklarning o'yin uslubi Eldorga umuman mos kelmasligi, u hujumkor futbol ko'rsatadigan sheriklar va qulay vaziyatga olib chiqadigan pleymeykerga muhtojligini aytdi. Shuningdek, Trabukki Shomurodov Italiya futboliga moslasha olmay, tez orada yarim narxiga Rossiyaga ketishini ham alohida taʻkidladi.
Shomurodov Genuya klubiga qo'shilgan vaqtda "Jyenoa" A Seriyada 12 ta uchrashuvdan iborat g'alabasiz seriyaga o'ralashib qolgan va xavfli hududdagi jamoa edi. "Jyenoa" gollar soni bo'yicha faqatgina o'ziga o'xshagan autsayder "Parma"dan oldinda edi xolos.
O'zbek hujumchisi yangi chempionatga moslashgunicha biroz qiynaldi. Bir necha marta jarohat tufayli o'yinlarni o'tkazib yubordi.
Eldor Italiyadagi birinchi golini noyabr oyida "Parma"ga urdi va "Sampdoriya"ga qarshi kubok o'yinida golli pas oshirdi.
Qishda hamyurtimiz "Sassuolo" va "Verona" darvozasini ishg'ol qilganidan keyin yana quruq seriya domiga tushib qoldi. To'qqizta uchrashuvda raqiblar darvozasiga yo'l topolmay, tanqidlarga nishon bo'ldi.
Chempionatning oxiriga kelib, Eldor haqiqiy kuchini ko'rsata oldi. "Spetsiya", "Latsio", "Kalyari" darvozasiga bittadan gol urdi, "Atalanta" bilan o'yinda dublga erishdi. Oxirgi oltita uchrashuvdagi statistika bo'yicha gol urishda Krishtianu Ronaldu, Romelu Lukaku kabi yulduzlarni ortda qoldirdi.
Shomurodov debyut mavsumida sakkizta gol urib, ikkita golli pas uzatdi. Hamyurtimizning o'yini va gollari "Jyenoa"ning autsayderlar qatorini tark etib, musobaqa jadvalida 11-o'ringa ko'tarilishiga xizmat qildi. Genuyaliklar gollari soni bo'yicha ko'rsatkichlarini ancha yaxshilab oldi.
Shomurodov kuchli beshlik chempionatlarida o'ziga xos murakkablikka ega bo'lgan A Seriyada dastlabki mavsum uchun o'z oldiga qo'ygan vazifani uddaladi. Mutaxassislar Shomurodovning yutug'ini quyidagicha baholamoqda:
- Yangi chempionatga moslasha oldi;
- "Jyenoa"ning asosiy hujumchilaridan biriga aylandi;
- Sakkizta gol va ikkita assist mualifi bo'ldi;
- O'zi qatnashgan uchrashuvlarda o'rtacha 54 daqiqa o'ynadi;
- 19 ta xavfli vaziyat yaratdi va bu "Jyenoa"da eng yaxshi ko'rsatkich bo'ldi;
- Golga tortadigan pas berishda Milan Badeldan keyin ikkinchi natijani qayd etdi;
- Yuqoridagi 53 ta kurashda g'olib chiqdi va bu borada o'z jamoasida kuchli to'rtlikka kirdi;
- Pressingda faol ishladi.
Eldor Shomurodovning "Jyenoa"dagi xizmatlarini yuqori baholagan klub sport direktori Franchesko Marokku keyingi mavsumda o'zbek hujumchisiga yanada ko'proq imkon berilishi va uning o'yini yanada ochilishini taʻkidladi.
Demak, oddiy omadsiz hujumchidan genuyaliklarning sevimli yulduziga aylanayotgan Eldor Shomurodovni yanada qizg'in mavsum kutib turibdi. «Zamin» yangiliklarini «Vkontakti»da kuzatib boring
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.