Hamma gap tabiiylikda: Arab qizlari jozibasining siri nimada?

Arab qizlarining naqadar go'zalligi tillarda doston. Sochlarining qalin va qora ekani, kiprik hamda qoshlari bilan o'ziga jalb qiladigan husn egalarining go'zalligi ularning tabiiy vositalardan muntazam ravishda foydalanishi va zamonaviy kosmetikalarga mukkasidan ketmaganida.
Soch parvarishi
Arab qizlarining yaltirab turadigan qalin sochlarining siri muntazam ravishda tabiiy niqoblardan foydalanishida. Sharq go'zallari sochlarini yuvishdan avval bosh terisiga qatiq yoki nordon sut surtib qo'yadi. Nordon sut mahsulotlari sochlarni tezda qayta tiklab, qalin va yaltiroq qilib ko'rsatadi.
Soch bo'yoqlari
Zamonaviy bo'yoqlarni tan olmaydigan arab ayollari sochlarini tabiiy xinada bo'yashni afzal biladi. Unga basma qo'shilganda esa soch tim qora bo'ladi. Rangsiz xina esa sochni mustahkamlovchi niqob o'rnini bosadi.
Qora ko'zlar
Abaya kiyganda faqat ko'zlar ko'rinib turgani uchun ham arabistonlik xotin-qizlar bo'yoqlar bilan unga urg'u berishni maʻqul biladi. Qora strelkalar surtish uchun surmadan foydalanadi. Bezashdan tashqari surma, qosh va kipriklarni mustahkamlab, ularni yorqinroq ko'rsatadi.
Qosh va kipriklar
Arab qizlari bolaligidanoq tabiiy o'sma yog'ini qosh va kipriklariga surtgani sabab ham chiroyli ko'rinadi. O'sma qosh va kipriklarni o'stirib, qalin va o'ziga xos ko'rsatadi.
Yuz parvarishi
Yuz terisini tozalash uchun tabiiy tonik — pushti suvdan foydalaniladi. Mitselyar suv o'rnini bosishi mumkin bo'lgan vosita teridagi yallig'lanish va qizarishlarni oldini oladi. Qolaversa, yevropaliklardan farqli o'laroq, arab qizlari terisini oqartirishni afzal biladi va buning uchun tabiiy oqartiruvchi limon kislotasidan foydalanadi. Po'stlog'ini esa skrab sifatida ishlatadi. Yuz niqoblarini ham tabiiy mahsulotlardan tayyorlanganini maʻqul biladi. Zarchavadan tayyorlangan niqob eng yaxshi hisoblanadi. Buning uchun zarchava, un, sut va pushti suv 2 osh qoshiqdan qo'shib aralashtiriladi. Bo'tqa holiga kelgan aralashma yuzga surtilganidan 20 daqiqa o'tib yuvib tashlanadi.
Teri parvarishi
Hammomdagi bug'lar salomatlik uchun muhim ekanini arab ayollari yaxshi biladi. Bug' taʻsirida poralardan kirlar chiqib ketgani hisobiga teri tiniq va tarang bo'lib qoladi. Shu bilan birga ular qahvadan tayyorlangan skrablarni ham ishlatishni kanda qilmaydi.
Atir
Hatto Arabistondagi eng o'ziga to'q ayollar ham haligacha efir yog'idan tayyorlanadigan tabiiy iforlardan foydalanadi. Vanil, jasmin va atirgul eng yaxshi ifor manbalari hisoblanadi. Atirlarning barchasi yog' asosida spirt qo'shmasdan tayyorlangani sabab ham uzoq vaqtgacha ifori kelib turadi. "Zamin" yangiliklarini "Facebook"da kuzatib boring
Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch
Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?
Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr
Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov
Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili
Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Chtml5-dom-document-internal-entity2-39-endga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar