Kiyinish uslubi odamni didli yoki didsiz, aslidan kattaroq yoki yosh ko‘rinishiga sabab bo‘lishi, shuningdek, boshqalarda turli tasavvur uyg‘otishi mumkin.
Maktab vaqtidan buyon kiyinish uslubining o‘zgarmasligi

Foto: Cosmopolitan
Yillar o‘tib zamon o‘zgarsa hamki, kiyinish uslubing o‘zgarmasligi, birinchidan, zerikarli. Ikkinchidan, eskicha qilib ko‘rsatadi. Bu nafaqat kiyinish uslubi, balki soch turmagi va makiyajga ham taaluqli.
Bachkana ko‘rinaman deb o‘ylab, aksessuar taqmaslik

Foto: Cosmopolitan
Yoshlikdagi eksperimentlardan kelib chiqib, oshirib yuboraman deb aksessuar taqmaslikni afzal bilishingiz mumkin. Ortiqcha, mos bo‘lmagan taqinchoq bilan obraz xunuk ko‘rinishi to‘g‘ri, ammo bu umuman voz kechish kerakligini bildirmaydi. Yaxshisi bittada uchtadan ortiq taqinchoq taqmaslikka harakat qiling va kiyim rangi hamda bichimidan kelib chiqib tanlov qiling.
Bir obrazda ikkitadan ortiq rangning bo‘lmasligi

Foto: Cosmopolitan
Rang va uslub borasida eksperiment qilishdan qo‘rqmang, yorqinroq shu bilan birga me’yorni bilgan holda kiyining.
Kofta tugmalarini oxirigacha qadash

Foto: Cosmopolitan
Kunlar issiq, erkin bo‘lgan joyga yoqaning tugmalarini qadab borish tavsiya qilinmaydi. Yoqa tugmalarini ochib, bo‘yningizda ro‘mol bilan bezak bering.
Sumka va poyabzalning bir rangda bo‘lishi

Foto: Cosmopolitan
Bunday tendensiya allaqachon o‘tmishda qolib ketdi. Ranglar bir-biriga mos bo‘lishi shart emas.
Faqat klassik kiyim-kechak xarid qilish

Foto: Cosmopolitan
Nafaqat ranglar, balki uslublarni ham umumlashtirib ko‘ring. Yangilikdan, qiziqarli detallar qo‘shishdan cho‘chimang.
Sportzalga krossovka, ko‘ylak bilan poshnali tufli kiyish

Foto: Cosmopolitan
Ko‘ylak bilan sport uslubidagi poyabzal kiyib bo‘lmaydi deb yanglishasiz. Shim yoki shortik bilan poshnali tufli kiyish singari yubka va ko‘ylak bilan krossovka kiyishning ham yomon tarafi yo‘q.
Har doim ko‘ylakda, sochlarni turmaklab yurish

Foto: Cosmopolitan
Unutmang, sizdagi ayollik va qizlik nafosati har doim ham kiyimda aks etishi shart emas. Asosiysi siz o‘zingizni his qilishingiz va qanday uslubda kiyinishni afzal bilishingiz. Charm kurtka kiyib, qalin botinka moslashni istayapsizmi kiying, krossovka va futbolkada yurish qulaymi, buni ham inkor qilmang. O‘z xohishlaringizga qarshi borib, qiz bola bo‘lganingiz uchungina har doim etaklari pirpirakli ko‘ylak bilan pushti poyabzalda yurishga majbur emassiz.