calendar 26 Mar 16:10
eye 99
comments 0
comments Manba: daryo

Megan Markl, Anjelina Joli va boshqa mashhurlar qanday uylarda yashaydi? (foto va video)

image

Ko‘plab mashhurlar millionlab dollarga teng bo‘lgan me’morchilik durdonalari hisoblangan uylarda yashaydi. Jennifer Lopes, Megan Markl va boshqa yulduzlarning hashamatli uylari haqida ma’lumot beramiz.

Kayli Jenner

Foto: Legion Media

Dunyodagi eng yosh milliarder 36,5 million dollarlik uyda yashaydi. Uning uyi Los-Anjelesning xushmanzara hududida joylashgan va ko‘chmas mulk saytida dam olish maskani sifatida namoyish etilgan. Kayli maydoni 1426 kvadrat metrga teng ushbu uyni juda katta miqdordagi pulga sotib olgan.

Foto: Cosmopolitan

Zamonaviy dizayn asosida qurilgan uyda yashash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar mavjud: bir nechta uy teatrlari va hatto barlargacha. Bino o‘ziga xos dizaynga ega: har bir xona eshigi hovlidagi hovuzga olib chiqadi.

Foto: Cosmopolitan

Megan Markl

Foto: Legion Media

Qirollik huquqlaridan voz kechganidan so‘ng Sasseks gersog va gersoginyasi Santa-Barbara yaqinidagi Monsesito shahriga ko‘chib o‘tishdi. Bu ularga 14,6 million dollarga tushdi. Turar joy 2003-yilda qurilgan bo‘lib, unda 9 ta yotoqxona va 16 ta yuvinish xonasi mavjud. Shuningdek, mehmonlar uchun alohida uy, basseyn, tennis korti va bolalar uchun o‘yin maydonchasi joylashgan.

Foto: Cosmopolitan

Jennifer Lopes 

Foto: Legion Media

Jennifer Lopes Kayli Jennernikidan ham qimmatroq qasrga egalik qiladi. Jennifer va uning qaylig‘i Aleks Rodrigesning Mayamida 40 million dollarga teng bo‘lgan uyi bor. Mazkur uy Biskeyn ko‘rfazidagi Star-Aylend sun’iy orolida joylashgan. Bu yerda ularga qo‘shni bo‘lib Shakil O’Nil, Paff Deddi va boshqa yulduzlar yashaydi.

Foto: Cosmopolitan

Ushbu uy 10 ta yotoqxona, 12 ta yuvinish xonasi, vinoteka, kutubxona, keng mehmonxona va oshxonaga ega. Shuningdek, hududda mehmonlar uchun uy, basseyn, bog‘, favvora, ayvoncha va dam olish maskani mavjud.

Foto: Cosmopolitan

Anjelina Joli

Foto: Legion Media

Bred Pitt bilan ajrashganidan so‘ng “Turist” filmida bosh rolni ijro etgan Anjelina Joli Los-Anjelesning obro‘li hududida yashaydi. Villa 1913-yilda qurilgan bo‘lib, Anjelina olti farzandi bilan yashaydigan ushbu hashamatli uyni 25 million dollarga sotib olgan.

Foto: Cosmopolitan

Jolining uyi Los-Anjelesning ajoyib manzarasi ko‘rinib turadigan tepalikda joylashgan. Uyda 6 ta yotoqxona, 10 ta hammom, ovqatlanish xonasi va kutubxona bor. Shuningdek, mehmonlar uchun xona, sport zal, basseyn va garaj mavjud.

Kim Kardashyan

Foto: Legion Media

Kim va Kanyening Hidden-Hillsdagi uyini ta’mirlashga 3 yildan ortiq vaqt ketgan. Ular uyni 20 million dollarga sotib olib, ta’mirlash va jihozlashga yana 60 million dollar sarflagan. Uyda 10 ta yuvinish xonasi, 8 ta yotoqxona va kamin mavjud. Ammo binoning asosiy xususiyati Uestning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan minimalist dizaynga ega ekanligida. Ba’zilar ushbu uyni muzey bilan taqqoslaydi.

Foto: Cosmopolitan


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
46
0
xs.uz

AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

20 Mar 12:55
 
88
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi

Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto

04 Apr 16:20
 
43
0
xs.uz

Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi

Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa