calendar 20 Mar 08:20
eye 12
comments 0
comments Manba: zamin

Neslihan Atagul «Elchining qizi» serialiga qaytadimi?

image
Foto: Pinterest
Maʻlumki, hanuzgacha «Elchining qizi» seriali atrofidagi vaziyat qiyinligicha qolmoqda. Stsenariy mualliflari qanchalar harakat qilmasin, yangi syujyet kutilgan natijani bermadi, deb yozadi «Kinoteka». Etakchi aktrisa – Neslihan Atagul loyihani tark etganidan so'ng serial tomoshaviyligini yo'qotdi.

Muxlislar noroziligini bildirishda davom etsa ham, reyting hafta sayin pasayib borsa ham, serialning tomosha ko'rsatkichlari soni yuqoriligicha qolmoqda. Aktyorlar tarkibiga Tuba Buyukustunning qo'shilishi bilan yangi tomoshabinlar ham paydo bo'ldi. Biroq filming maʻnaviy ruhi tushib ketganligi hamda suratga olish maydonchasidagi ijodkorlar ham tushkun holatda ekanligi aytilmoqda.

Voqealar muxlislarning eʻtiborini jalb qilib, serial hali ham tomosha qilinayotganiga qaramay, loyiha tez orada tomoshabinlar bilan xayrlashishi mumkin. Agar biror mo'ʻjiza ro'y bermasa …

Oxirgi vaqtda tabloidlar Narening serialga qaytishi haqidagi xabarlarni eʻlon qildi. Ammo Neslihan loyihaga qaytmoqchi emas. Aktrisaning jurnalistlarga aytishicha, u boshqa loyihaga diqqatini qaratgan. Bu esa bir tomondan uning muxlislarini biroz ranjitdi.

Shuningdek, «Elchining qizi» haqidagi voqealar o'zgargan bo'lsa-da, hali yakunlanmagan. Tomoshabinlar shuning uchun ham yangilik kutmoqda. Aytishlaricha, loyihani raqamli platformaga o'tkazish orqali saqlab qolish mumkin. Masalan, Exxen platformasiga. Agar shunday qaror qabul qilinsa, ehtimol, tomoshabinlar «Elchining qizi» serialining uchinchi mavsumida Engin Akyurek hamda Tuba Buyukustunning ajoyib ijrosidan bahramand bo'lishni davom ettiradi. Hozircha biror narsa deyish qiyin, hammasini vaqt ko'rsatadi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
20
0
xs.uz

Taniqli adib 75 yoshda

Oʻziga xos va maʼnodor hikoyalari, 'Galatepaga qaytish', 'Isteʼfo' kabi goʻzal qissalari, turgʻunlik yillari haqida soʻzlovchi ajoyib 'Lolazor' romani bilan oʻzbek kitobxonlari orasida sevimliga aylangan taniqli yozuvchi Murod Muhammad Doʻst bugun 75 yoshga toʻldi.Ijodkorni tugʻilgan kuni bilan tahririyatimiz nomidan chin dildan qutlab, sihat-salomatlik va oilaviy tinchlik-xotirjamlik, uzoq umr tilaymiz!DASHT-U DALALARDA(hikoya)Xadicha ketdiyu koʻnglidan halovat ham ketdi. Uy bamisoli

07 Mar 20:07
 
38
0
postda.uz

YANGI O‘ZBЕKISTON – INSON SHA’NI VA QADR-QIMMATI USTUVOR MAMLAKAT

Inson mavjudotlarning gultoji, aziz-u mukarramidir. Uning huquq va manfaatlari esa tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladi. Shu bois inson bu yorug‘ dunyoda tinch va xotirjam, baxtli va farovon hayot kechirishga haqli. Uning qadr-qimmatini ulug‘lash, huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasiga oliy qadriyat darajasida qarash har qanday davrda ham ustuvor ahamiyat kasb etaveradi.Bugun O‘zbekistonda ham tom ma’noda insonparvar siyosat amalga os

23 Apr 03:36
 
22
0
xs.uz

«Yoshlar ovozi» tanlovining gʻoliblari Boʻzatov festivalida qatnashadi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Аyni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida isteʼdodli yigit-qizlarni aniqlashga qaratilgan 'Yoshlar ovozi' tanlovining hududiy bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 16-fevraldagi majlisi bayoniga koʻra, yangi avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 15-30-aprel kunlari yurtimiz boʻylab 'Besh tashabbus olimpiadasi' doirasida 'Yoshlar ovozi' tanlovi oʻtkazilyapti. Tanlovda ishtirokchilar maqom, baxshichilik, anʼ

23 Apr 03:36
 
18
0
xs.uz

Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari koʻrgazmasi ochildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqanddagi 'Ipak yoʻli' turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari koʻrgazmasi ochildi.Ochilish marosimida BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Eysa Yusuf, BAA delegatsiyasi vakillari,