OFK JCh—2022 saralashi o‘yinlari qachon va qanday holatda o‘tkazilishini ma’lum qildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati ikkinchi saralash bosqichi o‘yinlari 2021-yil iyun oyida markazlashgan holatda o‘tkazilishini e’lon qildi.
Koronavirus pandemiyasi xavfi sabab mart oyidagi FIFA kunlarida JCh—2022 saralashi doirasida faqat 4 ta o‘yin o‘tkaziladi:
25-mart
- Saudiya Arabistoni — Yaman
- Tojikiston — Mo‘g‘uliston
30-mart
- Nepal — Avstraliya
- Mo‘g‘uliston — Yaponiya
Saralashning qolgan o‘yinlari esa 2021-yilning 31-mayidan 15-iyuniga qadar markazlashgan holatda o‘tkaziladi.
O‘z ishtirokini “D” guruhida boshlagan O‘zbekiston terma jamoasini oldinda yana 3 ta o‘yin kutib turibdi. Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning yozishicha, O‘zbekiston terma jamoasi uchala o‘yinni ham iyunda o‘tkazishi mumkin.
Mutaxassisning fikrlariga ko‘ra Yaman — O‘zbekiston uchrashuvi mart oyida ham o‘tkazilishi mumkin, ya’ni uchrashuv hozircha rasman iyun oyiga ko‘chirilmagan. Agar uchrashuv ko‘chirilsa, O‘zbekiston termasining JCh—2022 saralashidagi qolgan o‘yinlar taqvimi quyidagicha ko‘rinish oladi.
7-iyun
Yaman — O‘zbekiston
Singapur — Saudiya Arabistoni
11-iyun
O‘zbekiston — Singapur
Saudiya Arabistoni — Falastin
15-iyun
Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston
Qayd etish joiz, “D” guruhi o‘yinlari markazlashgan holatda qaysi mamlakat mezbonligida o‘tishi hali hal etilmagan. Mezbon maqomi O‘zbekiston yoki Saudiya Arabistoniga berilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, saralashning keyingi bosqichiga o‘z guruhlarida g‘olib bo‘lgan 8 ta jamoa va 2-o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 ta jamoa yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Agar JCh—2022 mezboni Qatar yuqoridagi 12 jamoaning orasidan o‘rin oladigan bo‘lsa, u holda 2-o‘rinni egallagan eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega 5-jamoa 3-saralash bosqichiga yo‘l oladi.
O‘zbekiston terma jamoasi “D” guruhida 5 ta o‘yin o‘tkazgan holda 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Bitta kam o‘yin o‘tkazgan Saudiya Arabistoni hisobida esa 8 ochko mavjud. Singapur 7 ochkosi bilan 3-o‘rindan, Yaman bo‘lsa 5 ochko bilan 4-pog‘onadan o‘rin olgan. So‘nggi o‘rinni esa 4 ochkoga ega Falastin band etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
“Shunqorlar – 2025”: Bu safar gʻoliblik kimga nasib etdi?
'Yoshlar oyligi' doirasida joriy yilning 26-28-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi 'Vatanparvar' tashkiloti Markaziy kengashi raisi kubogi uchun 'Shunqorlar' harbiy-sport oʻyinlarining Respublika bosqichi oʻtkazildi.Mazkur oʻyinlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chaqiriqqa qadar yoshlarni Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga qiziqishini oshirib borish hamda ularni ruhan va jismonan c
“Real Madrid” Angliyadan 20 yoshli himoyachi xarid qildi
Angliyaning 'Bornmut' klubi himoyachisi Din Xyoysen faoliyatini Ispaniyaning 'Real Madrid' jamoasida davom ettiradi. Bu haqda futbol boʻyicha insayder Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.Uning yozishicha, madridliklar 20 yoshli himoyachi uchun 60 million yevro toʻlashga kelishib olgan. Ushbu summa 'Bornmut'ga toʻlanadi, ammo shartnoma talablariga koʻra, bu pulning maʼlum qismi boshqa klublar hissasiga ham oʻtadi.Shartnomada koʻrsatilgan hududiy kelishuv
Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?
Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi
Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi
Oʻsha kuni Roʻziboyevga amerikalik Brayan Battle raqiblik qiladi. 30 yoshli Battle hozirgacha UFCʼda 8 ta jang oʻtkazgan boʻlib ularning 7 tasida gʻalaba qayd etgan, 1 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan. Shuningdek uning hisobida 1 ta NC (jang oʻtkazilmagan) natija ham bor.U soʻnggi jangini 2024-yil 7-dekabrda Rendi Braunga qarshi oʻtkazgan va hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.31 yoshli hamyurtimiz esa soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan 'UFC