Namanganda ilk bor tashkil etilgan dron shouda 500 ta qurilma uchirildi (foto, video)

Namanganda bayramona dron shou bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Viloyat hokimligi va Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” hamkorligida Namanganda ilk bor tashkil etilgan tomoshada 500 ta dron uchirildi.
Ular yordamida 8 ta shakl hosil qilindi. Humo qushi, tuyalar karvoni, tarixiy obidalar, donishmand qariya timsollari shular jumlasidan.
Belgilangan vaqtdan uch soat o‘tib, 21:50 atrofida boshlangan shou 12 daqiqa davom etdi. Uni Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘iga to‘plangan ko‘plab tomoshabinlar bevosita kuzatib bordi, mahalliy televideniye orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda olib ko‘rsatildi.
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktor o‘rinbosari Qudrat Qulimbetovga ko‘ra, ob-havo sharoiti tadbir uchun biroz noqulay bo‘lishiga qaramay, birorta dron yo‘qotilmadi va qurilmalarga shikast yetmadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoroda o‘tkazilgan dron shouda uchirilgan 3 ta qurilma haligacha topilmagani ma’lum qilingandi.
БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС
Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст
Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT
Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi
“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi
Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q
ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ
Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * * Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *