calendar 02 Feb 17:10
eye 97
comments 0
comments Manba: daryo

Oila qurib, so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

image

Jurnalist Nargiza Murodova o‘zbek ijodkorlari orasida oila qurib, ba’zi sabablarga ko‘ra ajralgan juftliklar haqida ma’lumot to‘pladi.

Maryam va Baxtiyor Ixtiyorovlar

O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov va Maryam Ixtiyorovalar oila qurgan. Ammo ularning oilaviy munosabatlari uzoqqa bormagan. Mazkur nikohdan Xumora ismli farzand dunyoga kelgan. Xumora Baxtiyorova bir necha yillardan buyon bolalar xoreografi bo‘lib faoliyat yuritadi.

Kollaj: “Daryo”

Yoqub Ahmedov va Klara Jalilova

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov ilk bor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova bilan oila qurgan. Juftlik o‘g‘illari Furqat tug‘ilgach ixtiyoriy tarzda ajrashishga qaror qilgan. Taniqli aktyor bilan ajrashganidan besh yil o‘tib Klara Jalilova “Bahor” ansambli changchisi Rustam Negmatov bilan oila qurgan.

Kollaj: “Daryo”

Ruslan Sharipov va Nargiz Zokirova

Kollaj: “Daryo”

Foto: Instagram / ruslansharipov_official

Mazkur yulduzli juftlik 1990-yil oila qurgan. U paytda Ruslan Sharipov 24 yoshda, Nargiz esa bor yo‘g‘i 18 yoshga to‘lgandi. Ijodkorlarning uzoq yil baxtli hayot kechirishlariga ko‘pchilik ishongan. Ammo unday bo‘lmadi, yulduzli juftlik xonadonida tug‘ilgan Sabina ismli qizaloq ham oilani ajrimdan asrab qololmagan.

Madina va Said Muxtorovlar

Kollaj: “Daryo”

Kamila va Dj. Piligrim

Sobiq “Setora” guruhi a’zosi Kamila Hadjayeva Dj. Piligrim bilan oila qurgan va ularning Isom ismli o‘g‘illari bor. Afsuski, ularning hayot yo‘llari ko‘p o‘tmay ajralgan.

Kollaj: “Daryo”

Sultonali Rahmatov va Nilufar Saidova

Kollaj: “Daryo”

Bastakor Sultonali Rahmatov yosh xonanda Nilufar Saidova bilan oila qurgan. Ungacha bastakorning avvalgi turmushidan uchta farzandi bor edi. Nilufar Saidova esa unga Farina va Safina ismli qizlarni tuhfa etdi. Afsuski, ularning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi.

Sharof Muqimov va Sevinch

Foto: “Darakchi.uz”

Foto: “Darakchi.uz”

Sevinch va Sharof Muqimovning oila qurishi ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Afsuski, mazkur juftlik uzoq vaqt birga bo‘lolmaydi. Ajrimdan bir necha yil o‘tib Sharof Muqimov uylandi. Sevinch esa Leyla ismli qizalog‘ini tarbiyalayapti.

Yigitali Mamajonov va Rayhon

Foto: “Shok.uz”

Rayhon va aktyor Yigitali Mamajonov 2012-yilning 16-noyabr kuni dabdabali to‘y qilib turmush qurgan edi. Afsuski, san’atkorlarning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi. Juftlik Islom va Imron ismli egizak farzand ko‘rganidan ko‘p o‘tmay ajrashganini ommaga ma’lum qildi. Yigitali Rayhondan so‘ng Nigina ismli qizga uylanib, qiz farzandli bo‘ldi va u bilan ham ajrashdi. U hozir aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaga uylangan. Juftlik uch farzandni tarbiyalamoqda. Rayhon shoumen Farhod Alimovga turmushga chiqqan.

Renata va Umid Iskandarov

Aktyor Umid Iskandarov grim ustasi Renata bilan oila qurib, ajrashgan. Juftlik hozirga qadar o‘zaro do‘stona munosabatda.

Foto: “Darakchi.uz”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
43
0
xs.uz

Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun

Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o'zbek filmlarining namoyishini 'Muhabbat bahori' filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.Filmda ikki ijodkor ' O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot y

13 May 14:39
 
378
0
xs.uz

Oʻzbek tili va madaniyati Italiyada targʻib etilmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova hamda universitet huzuridagi 'Oʻzbek maktabi' oʻqituvchisi Durdona Ermatova xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Italiyaning nufuzli Ka-Foskari universitetiga tashrif buyurishdi.Tashrif doirasida professor Nozliya Normurodova universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun 'Oʻzbekistonda oliy taʼli

13 May 14:39
 
366
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur

13 May 14:39
 
380
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini