calendar 29 Jan 17:10
eye 44
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonda 15-fevraldan valyuta oldi-sotdi operatsiyalari tartibi o‘zgaradi

image

O‘zbekiston Markaziy banki ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Foto: “Daryo”

Qarorga muvofiq, 2021-yilning 15-fevralidan boshlab:

  • O‘zbekiston respublika valyuta birjasida savdo sessiyalari amaldagi “fiksing” usulidan “koll auksion” va ikki tomonlama uzluksiz auksion “metching” savdo usullariga o‘tkaziladi.
  • Valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha savdo sessiyalari soat 10:00 dan 15:00 gacha “Onlayn platforma” orqali amalga oshiriladi.
  • Valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha hisob-kitoblarning hozirda mavjud T+0 (bugungi ish kuni) shaklidan T+1 (keyingi ish kuni) shakliga o‘tkaziladi.
  • Tijorat banklarining valyuta birjasi savdolarida mijozlar nomidan ishtirok etishi bekor qilinadi (endi to‘g‘ridan to‘g‘ri valyuta pozitsiyasi orqali amalga oshiriladi).

Bundan tashqari, Markaziy bankning valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun chet el valyutalarining so‘mga nisbatan rasmiy kurslari kunlik belgilanadi va har bank ish kuni soat 16:00 da Markaziy bank rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

“Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar ichki valyuta bozorining infratuzilmasini takomillashtirish, valyuta kursining shakllanishida tijorat banklarining rolini yanada oshirish hamda tadbirkorlarning mablag‘larini zarur bo‘lgan valyutalarga tezkor ravishda almashtirish imkoniyatlarini yaratadi”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev Markaziy bank tomonidan 2021-yil amalga oshirilishi maqsad qilingan asosiy rejalardan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga qaramligini kamaytirish va inflyatsiya darajasining 10 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash ekanligini bildirgandi. Shuningdek, tadbirkorlar tijorat banklaridan onlayn tarzda buyurtma berib to‘g‘ridan to‘g‘ri valyuta xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2021-yilda narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va hukumatning asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.

31 May 08:50
 
45
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

31 May 08:51
 
70
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

31 May 08:51
 
123
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do