Oʻzbekistonga kirishga qoʻyilgan cheklovlar 1-martgacha uzaytirildi


Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida, xususan boshqa mamlakatlardan virusning yangi shtammlarini kirib kelishini oldini olish borasida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar(kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali mamlakatimizga kirish)ni toʻxtatish kabi choralar koʻrilgan edi.
Hozirda yuzaga kelgan holatlarni tahlili hamda yuqorida qayd etilgan mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, 2021-yilning 1-fevraliga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1-martiga qadar uzaytirildi.
Eslatib oʻtamiz:
Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida soʻnggi 14 kun davomida boʻlgan shaxslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasiga kiritilmasligi;
soʻnggi 14 kun davomida ushbu davlatlarda boʻlgan holda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi tartibi davom etiriladi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi.'Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.Barcha tomonlarni toʻliq
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz
Oʻzbekiston TIV vakillari Isroil va Eron elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Isroil hamda Eron davlatlarining elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, uchrashuv davomida ikki davlat elchilari bilan mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan fikr almashilgan.Suhbat davomida Eron elchisi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logisti
Shavkat Mirziyoyev YXHTning amaldagi raisini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenni qabul qildi.Suhbat avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Oʻzbekiston bilan EXHT oʻrtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda Oʻzbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish m