Masharipovga yaxshirok taklif bor edi yoxud unga qaysi jamoalar qiziqdi?

Uni kutilganidek Saudiya Arabistonining "An Nassr" klubi toshkentliklardan transfer qildi. Biroq saudiyaliklar legionerlar limiti tufayli hamyurtimizni BAA "Shabab Al Ahli" klubiga ijaraga berdi. Masharipov yana bir yurtdoshimiz Aziz G'aniyev to'p tepadigan jamoada ijarada o'ynaydi.
Shuningdek, Saudiya Arabistonining "Goal" nashri Jaloliddinga mamlakatning yana bir jamoasi "Al Ahli" ham qiziqish bildirganini maʻlum qildi. Biroq "An Nassr" O'zbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi bilan bitim tuzgach, uni o'zi ishtirok etayotgan ligadagi raqobatchilaridan biriga berishdan ko'ra boshqa chempionat vakiligi yuborishni afzal bilgan ko'rinadi.

Har holda Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynagani yaxshi edi. To'g'ri, arab jamoalarining moliyaviy holati bir-biriga yaqin. Biroq daraja jihatidan olib qaralganda, BAAdan ko'ra Saudiya birinchiligi kuchliroq sanaladi. OChLda ham saudiyaliklar uzoqroqqa boradi yoki chempion bo'ladi. BAA futbolida ham oxirgi paytlarda katta o'sish kuzatilmoqda. Ichki chempionat va terma jamoa kuchaygan. Biroq tanlovga kelganda Saudiya Arabistoni turgan tomonning toshi og'irroq keladi.
Har holda hamyurtimiz BAAda uzoq qolib ketmaydi. Chunki uni "Shabab Al Ahli" 5 oyga ijaraga olgan. Shundan so'ng u "An Nassr"ga qaytadi.
Agarda ushbu transferlar hal etilmaganda, Masharipov Qatarga yo'l olishi mumkinligini bir necha kun avval maʻlum qilgandik. Albatta, bu variant oxirgi qadam sifatida ko'rilgani, barcha jiddiy takliflar o'xshamasa, amalga oshishi mumkinligini yozgandik.
Shuningdek, tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, hamyurtimiz Turkiya klubida faoliyatini davom ettirishi borasida gap-so'zlar urchigandi. Ammo qaysi jamoadan taklif yoki qiziqish borligi aytilmagandi. Ancha avvalroq esa Masharipovga Turkiyaning "Trabzonspor" klubi befarq emasligi va uni o'z safiga qo'shib olish uchun taklif tayyorlaganini ko'pchilik yaxshi biladi. Biroq...
O'tgan yili yozda UEFA "Trabzonspor" bir yil muddatga qitʻa miqyosidagi eng nufuzli turnirlar – Chempionlar ligasi va Evropa ligasidan chetlatilganini eʻlon qildi. Maʻlumotlarga qaraganda, UEFAning klublarni moliyaviy nazorati bo'yicha palatasi turk klubi tomonidan moliyaviy feyr-pley buzilganini fosh etgan.
2016 yilning may oyida UEFA va "Trabzonspor" o'zaro do'stona kelishuvga erishib, unga ko'ra, turkiyaliklar qator majburiyatlarni bajarishi lozim edi. Aks holda, jamoani qitʻa miqyosidagi musobaqalardan chetlatish chorasi qo'llanilardi. Amalda shunday bo'lib chiqdi. "Trabzonspor" UEFA talablaridan birini bajara olmadi. Jamoa 2020/2021 yoki 2021/2022 yilgi mavsumlardan qay birida Chempionlar ligasi yoki Evropa ligasiga yo'llanma olsa, musobaqani o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
O'z-o'zidan shunda turkiyaliklarning Masharipovga qiziqishi so'ndi. Yakunda uzoq cho'zilgan muzokaralardan so'ng hamyurtimiz Saudiyaning "An Nassr" klubiga o'tdi.
Bular Masharipov atrofida sodir bo'lgan voqealardir.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.