calendar 29 Jan 09:51
eye 45
comments 0
comments Manba: zarnews

Shaxmat oyligi yakuniy final bosqichida kim g'olib bo'ldi?

image

Samarqand olimpiya zaxiralari kollejida "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida yanvar oyida o'tkazilgan shaxmat oyligi musobaqasining final bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizimni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi A.Abduhakimov va viloyat hokimining o'rinbosari B.Nurullayev ishtirok etib, shaxmatni aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida keng targ'ib etish va ommaviy sportga aylantirishga erishish kerakligini taʻkidladi. Shuningdek, yosh iqtidorli shaxmatchilar safini yanada kengaytirish orqali professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeysterlar etib tayyorlash bugungi kunning muhim vazifasi ekanligigi alohida to'xtaldi.

Shundan so'ng viloyat hokimligi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston shaxmat federatsiyasi viloyat hududiy bo'limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning final o'yinlariga start berildi.

Shahar va tuman bosqichlarida g'olib bo'lgan 200 nafardan ortiq havaskor yosh shaxmatchilar hamda 50 nafardan ortiq 18 yoshdan oshgan havaskorlar bellashgan aql bellashuvida erkaklar o'rtasida 1-o'rinni narpaylik Murod Amirqulov, 2-o'rinni urgutlik Muzaffar O'sarov, 3- o'rinni payariqlik Sodiq Qayumov egalladi. Ayollar o'rtasida 1-o'rinni oqdaryolik Marjona Malikova, 2-o'rinni paxtachilik Rohila Toshbotirova, 3-o'rinni urgutlik Muharram Eshpo'latova qo'lga kiritdi.

Shuningdek, shashka bo'yicha erkaklar o'rtasida Kattaqo'rg'on shahrilik Abbos Ravshanovga, ayollar o'rtasida Samarqand shahrilik Mahbuba Xalilovaga teng keladiganlar topilmadi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Bellashuv davomida xalqaro grossmeysterlar - Tohir Vohidov, Aleksey Barsov hamda Ali Qosimovlar ishtirokida yosh shaxmatchilar bilan mahorat mashg'uloti (master-klass) o'tkazildi.

Husan Eltoyev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Boks afsonasi 76 yoshda vafot etdi

Boks olamidagi afsona, Olimpiada chempioni va jahon rekordchisi Jorj Forman 76 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Uning vafoti 2025-yil 21-mart kuni yaqinlari ishtirokida roʻy bergani oila aʼzolari tomonidan maʼlum qilindi. Rasmiy bayonotda uning oʻlimi qarilik bilan bogʻlanmoqda. 'Qalbimiz chirparchin. Jorj oddiy, sevimli oila boshligʻi, buyuk inson edi', deyiladi Formanlar oilasi murojaatida.Jorj Formanning sportdagi yoʻli buyuk muvaffaqiyatlarga boy. U 1968-yil Mexikoda oʻtgan Olimpiya oʻ

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
46
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining